Devis kubogining birinichi kuni: O‘zbekiston - Xitoy 1:1

Obuna bo‘lish
Devis kubogining birinchi kuni O‘zbekistonlik tennischilar o‘z maydonida Xitoy terma jamoasini kutib olmoqda. Bo‘lib o‘tgan ikki o‘yin natijasida hisob 1:1.

TOShKENT, 15-iyul — Sputnik. Devis kubogining ikkinchi raundi doirasida O‘zbekiston va Xitoy jamoalari orasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlar hozircha durang hisob bilan yakunlandi, bu haqda turnir sahifasida xabar berilgan.    

Birinchi jangda Farrux Do‘stov va Ze Janglar uchrashdi. O‘yin boshida Farrux Do‘stov 6:1 hisob bilan ustunlik qildi. Keyinchalik uch raundda O‘zbekistonlik sportchi 4:6, 4:6, 2:6 hisobida yutqizdi.

Ikkinchi jangda O‘zbekiston jamoasi yetakchisi Denim Istomin uch raundda Di Vu ustidan 6:4, 6:4, 6:2 hisobda g‘alaba qozondi.

Shanba kuni juftliklar orasida musobaqa bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekistondan Denis Istomin va Farrux Do‘stovlar Gong Mao-Ksin va Li Je bilan bellashadi. O‘yin soat 10:00 da boshlanishi belgilangan.

O‘tgan yillar davomida O‘zbekiston Xitoy jamoalari 8-marta uchrashishgan. Uchrashuvlardan 5 tasi O‘zbekiston g‘alabasi bilan tugagan.

Yangiliklar lentasi
0