Yarim yil davomida O‘zbekiston YaIMi 7,8 %ga o‘sdi

Obuna bo‘lish
2016 yilda O‘zbekiston hukumati YaIMning yillik 8% o‘sishini va’da bermoqda.

TOShKENT, 16-iyul – Sputnik. Ushbu yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston YaIMi o‘tgan yilning ushbu davriga nisbatan 7,8 % ga o‘sdi, davlat xizmatlari portalida xabar berilishiga ko‘ra.

Sanoat mollari ishlab chiqarish hajmi 6,7 %, qishloq xo‘jaligi – 6,8 %, xizmat ko‘rsatish sohasi – 12,9 %, qurilish sohasi – 17,5 % ga o‘sdi.

Mamlakat iqtisodiga kiritilgan sarmoyalar hajmi 11,8% ga, jumladan chet el sarmoyalari hajmi 17,2 %ga o‘sdi.

Davlat budjeti ushbu davr mobaynida 0,1 % profitsiti aniqlandi. Inflyatsiya miqdori kutilganidan oshmadi.

2015 yilda O‘Zbekiston YaIMi 8% ga o‘sdi. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 8%ga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari – 6,8 %,ga, barcha turdagi sarmoyalar hajmi – 9,5 % o‘sishi kuzatilgan edi.

2016 yilda hukumat 8% YaIM o‘sishini relashtirgan. O‘sish 8,3 % — sanoat mahsulotlari, 6%  — qishloq xo‘jalik mahsulotlari, va 10 %  — sarmoyalar hisobiga amalga oshiriladi.  Inflyatsiya miqdori 5,5 — 6 % darajasida saqlab qolish rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0