Dunyoda

Turkiya: AQSH endi bizga doʻst emas

© REUTERS / /Umit BektasPremyer-ministr Turtsii Binali Yыldыrыm
Premyer-ministr Turtsii Binali Yыldыrыm - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Turkiyada sudlangan muxolifatchi - Fatxullax Gyulenni yashirayotgan mamlakat Anqaraga doʻst emas, dedi Turkiya bosh vaziri Binali Yыldыrыm.

TOSHKENT, 16 iyul — Sputnik.Turkiyada tunda boʻlib oʻtgan harbiy isyondan keyin mamlakat bosh vaziri Binali Yыldыrыm jurnalistlar oldida AQSH Turkiyaga endi doʻst emasligini aytdi, Sputnik Turkiye xabari asosida.

"Turkiyadagi davlat toʻntarilishida aybdor terrorchilar boshligʻini yashirayotgan mamlakat Turkiyaning doʻsti emas",- dedi Turkiya bosh vaziri Binali Yыldыrыm matbuot anjumanida.

Turkiya hukumati boʻlib oʻtgan davlat toʻntarilishiga urinishda, Erdoʻgʻonga muxolifatda boʻlgan "Xizmet" islom harakati aybdorligiga ishonchi komil."Xizmet" 2013 yildan beri Turkiyada bir necha bor vaziyatni izdan chiqarish maqsadida turli buzgʻunchilik ishlari yuritib kelgan. Ushbu oqim Fatxullax Gyulen tomonidan boshqariladi.Gyulenning oʻzi AQShning Pensilvaniya shtatida yashaydi. Bir necha yildan beri Anqara uning ekstraditsiya qilinishini soʻramoqda, lekin AQSH buni amalga oshirgani yoʻq.

Undan tashqari Gyulen 2014 yilning dekabr oyida turkiyada "paralel tizim" nomli yashirish tashkilot tashkil qilib, ushbu tashkilot mamlakat rahbariyatini kuchsizlantirishga qaratilgan faoliyat yuritib kelgan.

Gyulenning oʻzi boʻlsa boʻlib oʻtgan voqealarga aloqsi yoʻqligini taʼkidlamoqda. 

Eng soʻnggi maʼlumotlarga qaraganda, tungi toʻqnashuvlarda 161 kishi qurbon boʻlgan, 1440 jarohatlangan.

Yangiliklar lentasi
0