Erdo‘g‘on Turkiya havo hududida patrul parvozlarni amalga oshirishga buyruq berdi

© Press-slujba prezidenta Ukraini / Mediabankka o‘tishTurkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on
Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jumadan shanbaga o‘tar kechasi Turkiya hukumati mamlakatda davlat to‘ntarishiga urinish harakatlari amalga oshirilgani haqida xabar qilgan edi. Ayni vaqtda Turkiya sudi harbiy to‘ntarishga aloqador 99 kishini hibsga olgan, 8 mingga yaqin politsiyachilar ishdan chetlatilgan.

TOShKENT, 18-iyul — Sputnik. Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on Turkiya havo hududida patrul parvozlarni amalga oshirishga buyruq berdi, deb xabar qilgan RIA Novosti nashri.

Tursiya bayrog‘i - Sputnik O‘zbekiston
Turkiya Bosh shtabi hukumatni qo‘lga olganini e’lon qildi
Anadolu agentligi xabariga ko‘ra, nazorat va xavfsizlikni ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotgan ushbu parvozlar uchun F-16 qiruvchilari jalb qilingan.

Eslatib o‘tamiz, juma kuni Turkiya hukumati mamlakatda harbiy to‘ntarishga urinish harakatlari amalga oshirilgani haqida xabar qilgan edi. Sal o‘tib, davlat to‘ntarishini amalga oshirishga harbiy prokuror va yuvori lavozimda ishlovchi 46 nafar zobit rahbarlik qilgani ma’lum bo‘ldi.

Ayni vaqtda butun Turkiya bo‘ylab, isonda gumon qilingan odamlar qamoqqa olinmoqda. Turkiya sudi harbiy to‘ntarishga aloqador 99 kishini hibsga olgan, 8 mingga yaqin politsiyachilar ishdan chetlatilgan. Injirlik bazasi qo‘mondoni ham qo‘lga olingan. AQSh OAVlarining axborot berishicha, u Amerikadan boshpana so‘ragan.

Yangiliklar lentasi
0