Jamiyat

IIV bayonoti: Oʻzbekistonda odam savdosi darajasi pasaydi

© Sputnik / Aleksey Babushkin / Fotobankka oʻtishToshkent shahri
Toshkent shahri - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston IIV bayonotiga muvofiq, 2015 yilda 924 kishi odam savdosi qurboniga aylangan, ulardan 784 nafari mamlakatdan tashqariga olib chiqib ketligan.

TOSHKENT, 18 iyul — Sputnik. 2015-yilda Oʻzbekistonda odam savdosi qurbonlari soni 23,5%ga, yaʼni 2014-yilga nisbatan 924 nafargacha kamaygan, deyilgan dushanba kuni eʼlon qilingan Oʻzbekiston respublikasi IIV maʼlumotlarida.

2015 yilda qayd qilingan odam trafigida 784 kishi (26,4%ga kam) mamlakat tashqarisiga olib ketilgan, deyiladi vazirlik xabarida. IIV maʼlumotlariga koʻra, xalqaro tashkilotlar va nodavlat tashkilotlar odam savdosining 774 nafar qurboniga yordam koʻrsatgan, Oʻzbekistonning xorijdagi diplomatik missiyalari 146 nafar kishining qaytishiga yordam berishgan.

Huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan “odam savdosi” moddasi boʻyicha 460 nafar kishini (1,4 barobar kamroq) taʼqib qilib, 372 ta ish ochilgan (1,7 barobar kamroq). Sud davomida 442 kishiga qamoq jazosi tayinlangan, 15 nafar savdogar esa axloq tuzatish ishlariga jalb qilingan. Jinoyat Kodeksining “odam savdosi” moddasi boʻyicha bunday faoliyatga 5 yildan 12 yilgacha qamoq jazosi tayinlanadi.

AQSH Davlat kotibi Jon Kerri - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
AQSH bayonoti: Oʻzbekiston qul savdosi muammosida 2-toifadan 3-toifaga tushirildi
Toshkentdagi reabilitatsion markaz 503 nafar vaziyat qurboniga (1,36 marta koʻproq) yordam koʻrsatgan. Markaz qurbonlarga tibbiy va ruhiy jihatdan yordam koʻrsatib, ularni boshpana va ish bilan taʼminladi, deyiladi xabarda.

Bundan sal oldin esa AQSH davlat kotibi Jon Kerri Oʻzbekiston qul savdosi muammosida 2-toifadan 3 toifaga tushirilgani haqida bayonot qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala