Dunyoda

Germaniya: oʻlim jazosi mavjud mamlakat YEIga aʼzo boʻla olmaydi

© Sputnik / Igor Zarembo / Fotobankka oʻtishBerlin, Reyxstag binosi
Berlin, Reyxstag binosi - Sputnik Oʻzbekiston
"Yevropa Ittifoqi - bu qadriyatlar uyushmasi. Ittifoq qonun-qoidalarida oʻlim jazosiga oʻrin yoʻq", deb taʼkidladi Germaniya hukumati vakili Shteffen Zaybert.

TOSHKENT, 18 iyul — Sputnik. Oʻlim jazosi mavjud mamlakat Yevropa Ittifoqi aʼzosi boʻla olmaydi, agar Turkiya oʻlim jazosini joriy etsa, uning YEIga aʼzoligi masalasi avtomatik ravishda yopiladi, deb bayonot qildi Germaniya Federativ Respublikasi hukumati vakili Shteffen Zaybert. RIA Novosti xabari asosida.

"Oʻlim jazosi mavjud mamlakat YEI aʼzosi boʻla olmaydi", — deb taʼkidlagan Zaybert dushanba kuni.

Zaybertning soʻzlariga qaraganda, Yevropa Ittifoqi — huquqiy uyushma boʻlib, uni umumiy qadriyatlar birlashtirib turadi.

"Yevropa Ittifoqi — bu qadriyatlar uyushmasi. Ittifoq qonun-qoidalarida oʻlim jazosiga oʻrin yoʻq", — deb taʼkidlagan Germaniya hukumati vakili.

Zaybertning taʼkidlashicha, Turkiya Yevropa Ittifoq aʼzoligiga daʼvogar rasmiy nomzodlardan biri sanaladi.

Istambul aholisi davlat toʻntarishiga qarshi mitingga chiqdi - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Istambul politsiyasi vertolyotlarni urib tushirish haqida buyruq oldi
"Mana shuning oʻzi Anqaraga asosiy huquqiy va demokratik tamoyillarga rioya qilish majburiyatini yuklaydi", — deb qoʻshimcha qilgan siyosatchi.

Eslatib oʻtamiz, bundan sal oldin Turkiya prezidenti Toyib Erdoʻgʻon va Turkiya Bosh vaziri Binoli Yildirim hukumat mamlakatda davlat toʻntarishini amalga oshirmoqchi boʻlganlar uchun oʻlim jazosi qayta tiklash masalasini koʻrib chiqishini eʼlon qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala