Turkiya Harbiy Dengiz flotining 14 kemasi yo‘qolib qoldi

Obuna bo‘lish
Turkiyada 15-16 iyulda bo‘lib o‘tgan muvaffaqiyatsiz isondan keyin Harbiy Dengiz flotining 14 kemasi admiral bilan birgalikda izsiz yo‘qoldi.

TOShKENT, 19-iyul – Sputnik. Mamalkatda uyushtirilgan isondan keyin Turkiya Harbiy dengiz floti admirali va 14 kemasi yo‘qolib qoldi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

Bugungi kunda ular turgan joyi noma’lum. Ushbu kemalar navbatchilikdan keyin doimiy bazasiga qaytib kelmagan. Ison sodir bo‘lgan tunda ushbu harbiy kemalar Qora va Egey dengizida navbatchilik qilayotgan bo‘lgan. Kemalardan birida admiral Veysel Kosele bo‘lgan. Uning taqdiri haqida ham hech narsa ma’lum emas. 

Popitka gosudarstvennogo perevorota v Tursii - Sputnik O‘zbekiston
Turkiyada qo‘rqinchli tun: 60 qurbon, isonchilarning yerdan va ko‘kdan hujumi

16 iyul kuni Reyter agentligi isonchilar Goljuk bazasidan Veysel Kosele bo‘lgan “Yavuz” nomli fregatni olib qochishdi degan xabarlar paydo bo‘lgan edi. 

Turkiya Mudofaa vaziri kemalar yo‘qolgani haqidagi xabarlarga hozircha izoh bergani yo‘q. Turkiya hukumati davlat to‘ntarilishi bilan bog‘liq shaxslarni qidirishda davom etmoqda. OAVlar xabariga ko‘ra bugungi kunda mamlakatda 9,5 ming kishi isonga aloqadorlikda gumon qilinmoqda.

Turkiya harbiy va diplomatik manbaalaridan olingan xabarlarga ko‘ra, Turkiyaning 4 kemasi Qora dengizda, ikki kemasi Ruminiyaniya Konstansa portida, biri Bolgariyaning Burgas portida.  

Undan tashqari, ma’lumotlarga ko‘ra, dengizda hukumatga bo‘y so‘nishni istamagan Turkiya suv osti kemalari bo‘lishi ham ehtimoldan xoli emas.

Turkiyadagi ahvol - Sputnik O‘zbekiston
Turkiya Mudofaa vaziri mamlakatda to‘ntarish xavfi hamon mavjudligini aytdi

The Times xabariga ko‘ra, isonchilar boshqaruvda bo‘lgan kemalarning bir nechtasi Gretsiya portlarida bo‘lishi mumkin. Afinada ushbu ma’lumotlar tasdiqlanmadi.

Biroz oldin OAVlarda, NATO Turkiyaning yo‘qolgan kemalari qayerga g‘oyib bo‘lganini bilmasligi haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgan edi. NATO harbiy-dengiz qo‘mondonligi rahbariyati xabariga ko‘ra, Turkiya ulardan yo‘qolgan kemalarni topishda yordam so‘ramagan.  

Turkiya huquqni saqlash organlari va maxsus xizmatlari, bo‘lib o‘tgan davlat to‘ntarishga urinishdan keyin 7,5 ming kishini hibsga oldi. Ison qurbonlari soni 208 kishiga yetdi.

Yangiliklar lentasi
0