Eng ko‘p hujjat topshirilgan OTM qaysi ekanini bilasizmi?

© UITUzbekskiy student
Uzbekskiy student - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugun O‘zbekiston OTMlariga hujjat qabul qilishning eng oxirgi kuni. Odatga ko‘ra, oxirgi kuni - eng gavjum kun bo‘ladi. Qabul komissiyalari oxirgi abituriyentgachi ishlaydi.

TOShKENT,20 iyul – Sputnik. Bugun O‘zbekiston oliy ta’lim maskanldarida eng qaynoq kunlardan biri bo‘lishi kutilmoqda. Qonunga ko‘ra 20-iyul abituriyentlardan hujjat qabul qilishning eng oxirgi kuni.

Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabariga ko‘ra, mamlakatning bir necha OTMlarida qabul komissiyalari bugun eng oxirgi abituriyentgacha ishlaydi. O‘tgan yil Toshkent Moliya instituti hujjat qabul qilishni kech soat 10 da yakunlagan. Andijon Davlat Universiteti esa – yarim tunga qadar.  

 

Davlat Test markazi rasmiy xabariga ko‘ra, 19-iyul holatiga o‘zbek OTMlari 612 547 abituriyent qabul qilgan.

Bugungi kun hisobida ushbu son yanada o‘sishi aniq. Demak bu yil ham mamlakat OTMlariga kirishni istagan abituriyentlar soni bo‘yicha yangi rekord o‘rnatiladi. O‘tgan yili 600 mingga yaqin abituriyent hujjat topshirgan edi. Hujjat topshirayotgan abituriyentlar soni har yili o‘rtacha 10%ga o‘sib bormoqda”, — deydi Test markazi vakili  Sputnik muxbiriga.     

O‘zbekistonda eng ommaviy bo‘lgan OTMlar uchligiga 35 146 ariza qabul qilgan Termez Davlat universiteti, 25 255 ariza qabul qilgan Qarshi Davlat universiteti va 24402 ariza qabul qilgan Andijon davlat universitetlari kirdi.

Ajratilgan o‘rinlarga bo‘lgan talab bo‘yicha, birinchilikda — Termez davlat universtiteti – har bir o‘ringa 19,08 kishi, Qarshi davlat universiteti – 18,11 kishi va Guliston davlat universiteti – 18,9 kishi.   

Qizig‘i shundaki, bu yil nufuzli poytaxt OTMlariga topshiradiganlar soni kam. Toshkent Meditsina akademiyasiga 5455 kishi ariza topshirgan, O‘zbekiston Milliy universitetiga – 10969 kishi, Toshkent davlat texnik universitetiga – 13388 kishi, Toshkent moliya institutiga – 3267 kishi, Toshkent davlat yuridik universitetiga – 3991 kishi ariza topshirgan.

Eslatib o‘tami 2016 – 2017 o‘quv yillarida baklavriatga 57907 abituriyent qabul qilish rejalashtirilgan. Undan davlat grantlari asosida – 19120 kishi, to‘lov-kontrakt asosida – 38787 kishi qabul qilish rejalashtirilgan.

Magistraturaga esa 5 ming kishi qabul qilish kutilmoqda. Ulardan 1548 kishi budjet asosida, 3452 kishi esa — kontraktchilar.

 

Yangiliklar lentasi
0