Avgustda “Afrosiyob” boshqa poyezd bilan almashtiriladi

© Michał Huniewicz"Afrosiab" tezurar elektr poyezdi
Afrosiab tezurar elektr poyezdi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ xabariga ko‘ra, Toshkent – Samarqand yo‘nalishida qatnayotgan “Afrosiyob” poyezdi, texnik ko‘rigidan o‘tish munosobati bilan, bir necha kunga boshqa tezurar poyezd bilan almashtiriladi.

TOShKENT, 20-iyul – Sputnik. “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ xabariga ko‘ra, avgust oyining boshida Toshkent-Samarqand yo‘nalishida qatnayotgan “Afrosiyob”tezurar poyezdi  o‘rniga boshqa poyezd qo‘yiladi.

“2016 yil 2,3,4,9,10,11,15,16,17 avgustl kunlari yuqori tezlikda harakatlanuvchi №762/761-sonli Toshkent-Samarqand-Toshkent yo‘nalishidagi “Afrosiyob” poyezdi texnik nazoratdan o‘tishi sababli o‘rniga tezurar poyezd yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qilamiz!”, — deyilgan AJ tarqatgan xabarda.

Xabarda aytilishicha, qo‘shimcha ma’lumotni 1005 telefon raqamidan olish mumkin.

Eslatib o‘tamiz 5,6,7 Iyul kunlari ham Afrosiyob boshqa poyezd bilan almashtirilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0