Milliarder Tramp AQSh prezidenti lavozimiga rasmiy nomzod bo‘ldi

© Sputnik / Kevin Dauns / Mediabankka o‘tishAQSh prezidenti lavozimiga nomzod Donald Tramp
AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Siyosiy tajribaga ega bo‘lmay turib, AQSh prezidentligiga rasman nomzodlikni qo‘lga kiritgan milliarder Tramp nafaqat Amerika, balki butun dunyoni lol qoldirishda davom etmoqda.

TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. Donald Tramp AQSh prezidenti lavozimiga rasmiy nomzod bo‘ldi, deb xabar tarqatmoqda RIA Novosti agentligi.

Xabarda aytilishicha, Klivlend shahrida o‘tgan Respublikachilar partiyasining qurultoyida Tramp kerakli ovoz to‘plashga muvaffaq bo‘lgan.

Joriy yil 8-noyabrida bo‘lib o‘tadigan prezident saylovlarida milliarderning raqibi Xillari Klinton bo‘lishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0