Nijegorodsk viloyati Tojikistonda avtomobil zavodi qurishga tayor

© Sputnik / Sergey Mamontov / Mediabankka o‘tish"GAZ" avtomobillari
GAZ avtomobillari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ayni damda Rossiyaning Nijegorodsk viloyati gubernatori boshchiligidagi delegatsiya Tojikistonda rasmiy safarda. Viloyat gubernatori Tojikistonga nafaqat avtomobil eksport qilishga, balkim qo‘shma korxonalar tashkil qilishga tayor ekanini bildirdi.

TOShKENT, 20-iyul – Sputnik. Rossiyaning Nijniy Novgorod viloyati Tojikistonga avtomobillar, avtobuslar, kommunal xizmat va boshqa maxsus texnika yetkizib berishga tayor. Bu haqida viloyat rahbari Valeriy Shansev e’lon qildi.

Nijegorodsk viloyati tashqi aloqalar bo‘limi xabariga ko‘ra, ayni damda Nigorodsk viloyati gubernatori boshchiligidagi delegatsiya rasmiy tashrif bilan Tojikistonda. Seshanba kuni viloyat gubernatori Valeriy Shansev Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashdi.

“Uchrashuvda tomonlar sanoat, iqtisodiy,  qishloq xo‘jalik sohalarida o‘zaro munosobatlarni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi”, — deyilgan rasmiy xabarda.

“Bugungi kunda Nijegorodsk viloyati barcha turdagi yengil avtomobillar, tijorat va yuk avtomobillari, avtobuslar, kommunal va maxsus texnika ishlab chiqarmoqda. Ya’ni Tojikiston avtoparkini to‘liq yangilab berishi mumkin. Biz nafaqat tayor avtomobillar yetkizib berishimiz, balki respublika hududida avtomobillar ishlab chiqaruvchi qo‘shma korxona tuzishimiz ham mumkin”, — dedi gubernator Shansev.

Tojikiston bilan hamkorlikka viloyatdagi bir qator korxonalar ham qiziqishmoqda. Ular orasida gidroapparatura, sinklangan metall ishlab chiqaruvchilari, plastmassa ishlab chiqaruvchilari, kommunal xo‘jaliklar uchun quvrlar ishlab chiqaruvchilar, ximiya va neftni qayta ishlash sohasi, suv va gaz hisoblagichlar ishlab chiqaruvchilar bor. Shu bilan birga qo‘shma korxonalar tashkil qilisha haqida bir talay takliflar ham bor, dedi gubernator.  

Uning so‘zlariga qaraganda, o‘tgan yili Tojikiston va Nigorodsk viloyati orasida 6,8 mln dollarlik mahsulot almashuvi bo‘lgan. Buning hammasi faqat Tojikistonga eksport hisobidan. Tojikiston esa Nijegorodsk viloyatiga hech narsa eksport qilmaydi.  

Shansevning so‘zlariga qaraganda viloyatda Tojikistondan qishloq xo‘jalik mahsulotlari import qilishga qiziqish bor.   

Yangiliklar lentasi
0