O‘zbekiston MAK Rio-de-Janeyroga charter reyslarni amalga oshiradi

© AFP 2023 / YASUYOSHI CHIBARio-de Janeyroda ayollar marafoni bo‘lib o‘tmoqda
Rio-de Janeyroda ayollar marafoni bo‘lib o‘tmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Joriy yilning 1-avgustida “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK Toshkent-Rim-Rio-de-Janeyro yo‘nalishi bo‘yicha charter reysni amalga oshiradi, 22-avgustda esa Rio-de-Janeyro-Rim-Toshkent yo‘nalishida qaytadi.

TOShKENT, 21-iyul — Sputnik. "O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi Rio-de-Janeyro (Braziliya)ga charter reyslarni amalga oshiradi, deb xabar qilingan kompaniya rasmiy saytida.

Joriy yilning 1-avgustida “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK Toshkent-Rim-Rio-de-Janeyro yo‘nalishi bo‘yicha charter reysni amalga oshiradi, 22-avgustda esa Rio-de-Janeyro-Rim-Toshkent yo‘nalishida qaytadi. Parvoz Boing-767 laynerida amalga oshiriladi.

Reyslarning jadvali (mahalliy vaqt bilan):

Toshkent – Rim – Rio-de-Janeyro (1 avgust):        

HY 3555         Toshkent (10:00) – Rim (13:55)

Rim (15:55) – Rio-de-Janeyro (22:05)

Rio-de-Janeyro – Rim – Toshkent (22 avgust):

HY 3556 Rio-de-Janeyro (17:05) – Rim (09:15, 23-avgust)

Rim (11:15, 23-avgust) – Toshkent (20:20, 23-avgust)

Ko‘rsatilgan reys chiptalari narxi:

Toshkent – Rio-de-Janeyro – Toshkent –  6 560 000 so‘mdan;

Toshkent – Rio-de-Janeyro – 3 445 000 so‘mdan;

Toshkent – Rim – Toshkent – 2 290 000 so‘mdan;

Toshkent – Rim – 1 560 000 so‘mdan.

Aviachiptalarni qo‘lga kiritishni xohlovchilar bo‘lsa, shoshiling! Reysdagi o‘rinlar soni cheklangan.

Eslatib o‘tamiz, 5dan 21-avgustga qadar Rio-de-Janeyroda XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.

Yangiliklar lentasi
0