Toshkentda eng yaxshi restoran va choyxona tanlovi e’lon qilindi

© Sputnik / /StringerOloy bozori yonidagi choyxona, Toshkent
Oloy bozori yonidagi choyxona, Toshkent - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent hokimiyati poytaxtda savdo va umumiy ovqatlanish muassasalarida faoliyat yuritadigan ishbilarmonlar uchun ochiq turdagi an’anaviy "Savdo va xavfsizlik" tanlovi tashkil etilganini e’lon qildi.

TOShKENT, 22-iyul — Sputnik. Toshkent shahar hokimligi hamda bir qator hamkor tashkilotlarning taklifiga binoan  savdo sohasidagi tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, ularni yanada rivojlantirish hamda rag‘batlantirish maqsadida ikki bosqichli “Savdo va xavfsizlik” ko‘rik-tanlovi o‘tkaziladi, deb xabar qilingan Toshkent shahar hokimligi rasmiy saytida.

Xabarda ko‘rik-tanlov tumanlar hamda shahar bosqichlaridan iborat bo‘lib, har yili tashkil qilinishi ta’kidlangan.

"Tanlov savdo va umumiy ovqatlanish sohasidagi tadbirkorlik subyektlarining aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini va madaniyatini oshirishda amaliy yordam ko‘rsatish, sohada aholi xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan zamonaviy texnologiyalarni tatbiq etishni rag‘batlantirish maqsadida o‘tkazilmoqda", — deyilgan xabarda.

Ta’kidlanishicha, tanlov ochiq bo‘lib, unda barcha tadbirkorlik subyektlari ishtirok etishlari mumkin.

Tanlov "Eng yaxshi yirik savdo obyekti", "Eng yaxshi o‘rta savdo obyekti", "Eng yaxshi savdo obyekti", "Eng yaxshi restoran", "Eng yaxshi kafe" va "Eng yaxshi choyxona" nominatsiyalarida o‘tkaziladi.

Ko‘rik-tanlovda ishtirok etishni istagan tadbirkor  tanlov nizomida belgilangan ariza bilan tuman komissiyasiga murojaat qilishi lozim, deyilgan xabarda.

Yangiliklar lentasi
0