Munxenda 8 kishi qurbon bo‘ldi

© AFP 2023 / Andreas Gebert / dpaPolizisten an der Münchner U-Bahn-Station Karlsplatz/Stachus
Polizisten an der Münchner U-Bahn-Station Karlsplatz/Stachus - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yevropada terrorchilarning navbatdagi hujumi ro‘y berdi. Kamida uch nafar pistolet va avtomatlar bilan qurollangan terrorchilar juma kechqurun Munxen shahriga hujum uyushtirdi.

TOShKENT, 22-iyul — Sputnik. Juma kechqurun noma’lum kishilar Munxen shahriga qurolli hujum uyushtirdi, qurbonlar soni 8 kishiga yetdi, Sputnik Deutschland xabari asosida.

Dastlabki hujum Olimpiya savdo markaziga uyushtirildi. Bu yerda terrorchi o‘qotar qurol bilan tinch fuqarolarga qarata hujum qilgan. Munxenning OEZ yo‘lida ham otishma bo‘lganligi qayd etilmoqda. Vokzalda esa portlovchi moslama bo‘lgan rukzak topilgani haqida xabar tarqaldi. Vokzalda bo‘lgan barcha yo‘lovchilar evakuatsiya qilindi.

Munxen politsiyasi otishmalarda 8 kishi qurbon bo‘lanini xabar qildi. Yarim soat oldin qurbonlar soni 6 kishi deyilgan edi.

© REUTERS / Non-stop News/Ein Toter nach Schießerei in München
Ein Toter nach Schießerei in München - Sputnik O‘zbekiston
Ein Toter nach Schießerei in München

Politsiya xabariga ko‘ra, terrorchilar kamida uch kishi bo‘lgan va shaharning uch nuqtasida bir vaqtda hujum uyushtirishgan. Politsiya bayonotiga ko‘ra ushbu hujum “Islom davlati” tomonidan uyushtirilgan terrorchilik akti bo‘lish ehtimoli juda katta.

© AFP 2023 / Lukas Schulze / dpaGroßeinsatz der Polizei in München
Großeinsatz der Polizei in München - Sputnik O‘zbekiston
Großeinsatz der Polizei in München

Shahar ko‘chalarida qurollangan va bronejilet kiygan politsiya va maxsus kuchlar xodimlari metro bekatlari, vokzal va avtovokzallar qattiq qo‘riqlamoqda. Osmonda snayperlar vertoletlar  yordamida aylanib terrorchilarni qidirmoqda.

© REUTERS / Michael DalderMehrere Polizeihubschrauber kreisen über München
Mehrere Polizeihubschrauber kreisen über München - Sputnik O‘zbekiston
Mehrere Polizeihubschrauber kreisen über München

Politsiya OAV hamda baland gapiruvchi moslamalar yordamida odamlardan gavjum joylarga to‘planmaslikni imkon qadar tezroq uy-uylariga tarqalishni so‘ramoqda.

Uz uyidan uzoq joyda bo‘lganlar kafe va restoranlarga kirib o‘tirishmoqda. Shu bilan bir vaqtda, munxenliklar Twitterda #ochiqeshik xeshtegi yordamida o‘z uyiga qaytishga imkoni bo‘lmganlarni terrorchilik xavfi yo‘qolguncha o‘z uylariga taklif qilmoqdalar.

Yangiliklar lentasi
0