Tarix instituti O‘MU boshqaruviga o‘tdi

© Sputnik / A. Varfolomeyev / Mediabankka o‘tishNatsionalniy universitet Uzbekistana imeni Mirzo Ulugbeka
Natsionalniy universitet Uzbekistana imeni Mirzo Ulugbeka - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi faoliyatining samaradorligini oshirish maqsadida, Fanlar akademiyasi ixtiyoridagi Tarixi instituti Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti boshqaruviga o‘tkazildi.

TOShKENT, 25-iyul — Sputnik. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi tarkibidagi Tarix instituti Ulug‘bek nomidagi milliy universitet boshqaruviga o‘tkazildi, deyilgan lex.uz da nashr qilingan Islom Karimovning yangi qarorida.

Bunday taklif bilan O‘zbekiston davlat rahbariga respublika Fanlar akademiyasi, Ta’lim vazirligi hamda Moliya vazirligi murojaat qilgan.

Yangi qarorga ko‘ra, Tarix instituti Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti boshqaruviga o‘tkaziladi. Ushbu qaror O‘zbekistonda ilmiy-tekshirish faoliyatining samaradorligini oshirish va ushbu jarayonga OTM talabalarini kengroq jalb qilish maqsadida amalga oshirilgan.

Tarix instituti O‘zbekiston tarixini eng qadim zamonlardan hozirgi kunga qadar bo‘lgan davrini o‘rganish, tarixiy etnologik tadqiqotlar o‘tkazish, tarixni o‘rganishda yangi metodolik qo‘llanmalar yaratish, ushbu sohada pedagoglar tayorlash va chet el mutaxassoslari va ilmiy markazlari bilan aloqalarni rivojlantirish borasida faoliyat yuritib kelgan.

Institut dastlab 1943-yilda Tarix va Arxeologiya instituti sifatida yaratilgan edi. 2016-yilda uning ilmiy xodimlari soni 94 kishidan iborat edi. Institut xodimlari orasida 19 fan doktori va 22 fan kandidatlari bor.

 

Yangiliklar lentasi
0