Farxod Maxmudov: ijobiy qahramonlarni o‘ynash - zerikarli

© vk.comakter Farxad Maxmudov
akter Farxad Maxmudov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sputnik muxbiri Lev Rijkov Rossiya kinosida ishlayotgan eng ommaviy o‘zbek akterlaridan biri Farxod Maxmudov bilan suhbatda bo‘ldi.

TOShKENT, 25-iyul — Sputnik. Frxod Maxmudov Rossiyalik tomoshabinga juda yaxshi tanish. U ko‘plab mashhur filmlarda suratga tushgan. Ular orasida “Brigada”, “Buxta Filippa”, “Kamenskaya-4”, “Posledniy boy mayora Pugacheva”, “Prizvanie”, “Priisk-2”, “Formula zero”, “Zakon i poradok”, “Zastava”, “Proklyatiy ray”, “Margosha”, “Mech”, “Sled salamandri”,  “Morskie dyavoli”, “Oxotniki za karavanami”, “Sherif”, Sherif-2”, “Bratstvo desanta”, “Komanda”, “Pepel”, “Kuxnya”, “Rokovoe nasledstvo”, “Salam Moskva” va boshqalar bor. 

© vk.comakter Farxad Maxmudov
akter Farxad Maxmudov - Sputnik O‘zbekiston
akter Farxad Maxmudov

Sputnik muxbiri suhbatni Rossiyaga turli mamalkatlardan kelgan migrantlar hayoti haqida suratga olingan “Salam Moskva” filmi haqida savollardan boshladi.

Sizningcha filmda migrantlar hayoti haqiqatga yaqin ko‘rsatilganmi?  

Birinchidan, film 4-yil oldin suratga olingan. Keyin u uzoq vaqt tokchada qolib ketdi, chunki hech qaysi telekanal uni ko‘rsatishni istamadi. Keyin u internetda namoyish etila boshladi. Biz ushbu filmni haqiqiy migrantlar yotoqxonalarida suratga olganmiz. Unda Afrika, Vyetnam va boshqa joydan kelgan migrantlar hayoi ko‘rsatilgan. Filmda hamma narsa 5-6 yil oldin mavjud bo‘lgan migrantlar hayotiga juda yaqin. 

Rejissor Pavel Bardinning «Salam, MASKVA” filmidan lavha - Sputnik O‘zbekiston
"Salam, Maskva": Rossiya migrantlar haqida serial suratga oldi

Demak, sizningcha hozir ko‘p narsa o‘zgargan bo‘lishi mumkin?

Albatta, juda ko‘p narsa o‘zgargan. Birinchidan, migrantlarga patent berish tizimi yo‘lga qo‘yildi. Davlat butun migratsiya siyosatini o‘zgartirdi. Hozir, serialda ko‘rsatilgan chek-chegarasiz qonunbuzarliklar yo‘q. Bugungi migrantlar o‘z huquqlari haqida yaxshi biladi. Hammasi bo‘lmasada, ko‘pchilligi.

Film suratga olish vaqtida biror  ekstremal, xavfli joylarga borganmisiz?

Ha, bozorlarda suratga olganmiz. Oldin ulkan sabzavot bozorlari bo‘lar, u yerda migrantlar ham yashab ham ishlaydigan garajalar bor edi. Hozir bunday joylar kamayib qoldi.

Sizningcha nima sababdan serialni televideniyeda ko‘rsatishga ruxsat berishmagan?

Birinchidan filmda juda ko‘p “kurakda turmaydigan gaplar” bor edi. Ayrim joylarda sujet o‘ta murakkablashtirib yuborilgan edi. Umuman filmni faqa tun soat 12dan keyin ko‘rsatish mumkin edi. Lekin telekanallar bunga ham rozi bo‘lishmadi.   

Nima ham derdim, Rossiya ko‘p millatli mamlakat. Har qanday millatda albatta bir “tirraqi buzoq” topiladi. Umuman filmda millatlar masalasi o‘ta keskin qo‘yilgan. Shuning uchun ham ko‘rsatishni cho‘chigan. Odamlar noto‘g‘ri tushunishidan qo‘rqqan.

© StringerAkter Farxad Maxmudov
Akter Farxad Maxmudov - Sputnik O‘zbekiston
Akter Farxad Maxmudov

Sizningcha migratsiya muammosini ham qilsa bo‘ladimi?

Rossiya dunyodagi eng hududi katta bo‘lgan mamlakat, aholi bo‘lsa kam. Ishchi qo‘llar yetishmovchiligi doimo sezilib turadi. Shuning uchun yaqin 5-10 yil davomida Xitoydan, Vyetnamdan O‘rta Osiyodan migrantlar baribir keladi.

Ayrim muxlislaringiz sizni ko‘proq ijobiy rollarda ko‘rishni xoxlashini bilamiz. Siz esa ko‘proq salbiy rollarda chiqasiz, nega?

Haqiqatdan ham ko‘p filmlarda men “yaxshi bola” emasman. Men uchun ijobiy qahramonlarni o‘ynash qiyinroq, ochig‘i — zerikarliroq. Ijobiy qahramon hamma ishni to‘g‘ri bajaradi: to‘g‘ri turadi, to‘g‘ri yuradi, to‘g‘ri gapiradi, shuning uchun ham bunday qahramon xarakteri “tuzsizroq” chiqadi. Yomon odam rolini o‘ynash qiziqroq. Unga rol istagan xususiyatni qo‘shishib kutilganidan ham qiziq qilish mumkin. Umuman men o‘zimning barcha rollarimini sevaman. Rollarim – bu mening bolalarim.

Siz kimni o‘z  ustozingiz deb bilasiz?

Umuman menining ikki asosiy o‘qituvchim bor. Biinchisi – Mixail Andreyevich Gluzskiy. Bu kishi buyuk ustoz, u bilan men ilk qadamimni qo‘yganman. Bizlarga u Stanislavskiyning “Etika”sini o‘qib berardi. Bizda esa, guruhning yarmi zo‘rg‘a rus tilini tushunar edi. Ko‘lobdan kelgan bir yigit – biror so‘z ham tushunmas edi. Vaqt o‘tib, a’lo darajaga yetdi, hozir uylangan, yaxshi ishlab yuribdi.

Ikkinchi o‘qituvchingiz  kim?

Sobiq Ittifoq buzilib ketganidan keyin, 1994-yilda, men uzimga ish topa olmay yurgan vaqtlarimda Roman GRigoryevich Viktuk qo‘liga tushganman. Uning teatrida 13-yil ishladim. Rossiyada xizmat ko‘rsatgan artist unvoniga sazovor bo‘ldim. Viktuk – men uchun buyuk teatr rejisseri va o‘qituvchidir. Albatta u mening taqdirimda ulkan iz qoldirdi.

Viktuk bilan ishlash juda qiziq bo‘lgan bo‘lsa kerak?

Men hatto qanday bo‘lganini ham eslay olmayman. Avtobus, samolet va gastrol, gastrol, gastrol edi. Biz tunu kun ishlar edik. Men uyga faqat kiyim almashtirish uchun kelar edim va darhol yana uzoq vaqtga ketardim. Og‘ir vaqtlar edi, hozir kam esimda qolgan.

Teatrdan katta daromad olarmidingiz?

Spektakl soniga qarab. Yashasa bo‘lardi, pulim yetardi. Keyinroq esa, gonorarlar keskin kamayib ketdi. Oyida kamida 10ta spektakl o‘ynashga to‘g‘ri kelar edi. Davlat tomonidan beriladigan oylik 7 ming rubl edi.

Siz shu sababdan Viktuk bilan urishib qoldingizmi?

Yo‘q, biz umuman urushmaganmiz! 13-yil davomida men uning bo‘yoqlar qutisida bitta rangga aylanib qoldim, hamma spektakllarda o‘xshash rollar o‘ynayverib. U menga hech qanday yangi rollar taklif qilmay qo‘ydi. Keyin yangi akterlar ham keldi. Xullas obyektiv sabablarga ko‘ra…

© http://teatrviktuka.ruakter Farxad Maxmudov
akter Farxad Maxmudov - Sputnik O‘zbekiston
akter Farxad Maxmudov

Keyin esa, asosan kinoda rollar o‘ynadingiz-a?

Ha, hozircha shunday, keyinroq balkim teatrda ham ishlarman, biror antreprizada. Rejalar bor, hozircha ularni aytmaganim ma’qul.

Sizga zamonaviy o‘zbek kinematografi yoqadimi?

Yaqinda ular, to‘liq metrajli “Baron” nomli film suratga olishdi. Ushbu kino O‘zbekistonda  ulkan muvaffaqiyat qozongan. Unga rus tilida ovoz berdim, lekin afsuski, haligacha film rus tilida prokatga chiqmadi.

O‘zbek kinochilari – molodes. Ular bir joyda turishgani yo‘q, nimadir yaratishmoqda. Qozog‘istonda ham yaratishmoqda, lekin ularda budjet kattaroq. O‘zbekistonda bo‘lsa kamroq pulga bo‘lsa ham yaratishga urinishmoqda, shuning uchun ularning ishini hurmat qilaman.

Gollivud aktori Gassan Massud. - Sputnik O‘zbekiston
Gollivud aktori "Baron" kartinasida suratga tushdi

Sizga akterlik kasbi qanday xursandchilik beradi?

Men sizga boshqacharoq qilib aytaman. Menda shundan bo‘lak quvonch yo‘q. Men faqat suratga olish maydonchasida haqiqatdan ham yashayman. Men faqat u yerdan ko‘kragimni to‘ldirib nafas olaman. Bunday hayotgan o‘rganib qolganingdan keyin, undan voz kechish judayam qiyin.

20 yildan keyin o‘zingizni kim o‘rnida ko‘rasiz?

Hech bo‘lmasa tirik bo‘lishni istar edim. Hozirgidek akter sifatida, bo‘lishni xoxlar edim. Yana kim bo‘lishim mumkin?

Rossiyada muvaffaqiyat qozonish uchun migrant–akter qanday xususiyatlarga ega bo‘lishi kerak?  Balkim u Djeki Chandek epchil yoki Raj Kapurdek buyuk bo‘lishi kerakdir?

Bilmadim, buni bir zumda muhayo qiladigan yagona retsepti yoki dorisi yo‘q. Har kimning o‘z yo‘li bor. Har bir inson undan o‘zi topishi  va undan o‘z oyog‘i bilan qadam tashlashi kerak. Asosiysi – ishlash kerak. Intilish kerak. Boshqa yo‘li yo‘q. Har bir imkoniyat uchun harakat qilish kerak. Tanlovlarga borish kerak, agentliklarga surat topshirish kerak.

“O‘zbekfilm”ga qanday tilaklar bildirgan bo‘lardingiz?

Yagona tilagim, ishlashda davom etishsin. Studiya salkam 80 yoshda. Eslatib o‘tamiz Ittifoqning mashhur “Ikki jangchi” filmi urush vaqtida O‘zbekfilmda suratga olingan. Rostini  aytganda buyuk Sovet kinematografi aynan “O‘zbekfilm”da tug‘ila boshlagan. Eyzenshteyn va boshqa barcha buyuklar urush vaqti biznikiga kelishgan ediku. Ularning yarmi “O‘zbekfilm”ga yarmi “Qozoqfilm”ga qo‘shilishgan edi. Albatta ular ham o‘z hissasini qo‘shgan.

“O‘zbekfilm”da shunaqa zo‘r xodimlar ishlardiki, adashmasam, ular yiliga 18 tadan film yaratishar edi. Kichik O‘zbekiston uchun bu ulkan yutuq bo‘lgan!  Mosfilm yilga 100 yaqin kino suratga olardi, lekin bu yerda butunlay boshqacha budjet. Buni tushunsa bo‘ladi. “O‘zbekfilm uchun yiliga salkam 20ta film – bu ulkan yutuq bo‘lgan. Filmi suratga olishda nafaqat rejisser, operator. Bu butun guruh  ishilaydi-ku: svet, grimm, kostum va ho kazo…

Dedpul filmidan sahna - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent kinoteatrlari Dedpul filmini ko‘rsatishdan voz kechishdi

Afsuski, qayta qurish va boshqa  o‘zgarishlardan keyin barchasi buzilib ketdi. Ko‘p akterlar Rossiyaga ko‘chib o‘tdi. Ba’zan, hatto Mosfilm oshxonasiga kirsam “O‘zbekfilm”ning yoki “Tojikfilm”ning yarmini ko‘rar edim. Haligacha ko‘pchilik shu yerda qolgan. Bu yerda texnik ishchilar, direktorlar umuman ko‘pchilik. Ish bo‘lsa bo‘lgani.

Siz Toshkentdan Moskvaga ko‘chib o‘tganingizga pushaymon qilmaysizmi?

O‘zimga bunday savol bermayman, sevgan kasbim bilan shug‘ullanmoqdaman. Bu haqda pushaymon qilish mumkinmi? Har dom ham sen istagan narsang qo‘linnga kelib tushavermaydi-ku?. Lekin men istaganimni topdim. Qanday qilib pushaymon bo‘lay?

Toshkentda super yulduz bo‘lishingiz mumkin edi?

Bu aniq emas, 1990-yillar boshida u yerda umuman ish yo‘q edi. Men allaqachon boshqa sohaga o‘tib ketgan bo‘lardim, balkim. 1990-yillarda u yerda hamma qo‘shiqchi bo‘lib ketgan edi. To‘ylarda qo‘shiq aytish — yagona daromad manbai edi. Yoki qiziqchilik qilish. Men esa — komik emasman.   

Men o‘z vatanim deb SSSRni bilanman. O‘zbekiston esa – mening chin yurakdan sevgan, kichik vatanim. U yerda ko‘plab qobiliyatli, yorqin insonlar dunyoga keladi.

Yangiliklar lentasi
0