OAV: Ruslan Chagayev yana WBA chempioni unvonidan mahrum etildi

© Sputnik / Said Sarnayev / Mediabankka o‘tishBoks. Ruslan Chagayev va Lukas Braun jangi.
Boks. Ruslan Chagayev va Lukas Braun jangi. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ruslan Chagayev puerto-rikolik Fres Okendo bilan himoya jangi o‘tkazish uchun 120 kun muhlat berilgan edi. Chagayevning vakillari shu vaqtgacha muzokaralarni boshlamagani uchun Butunjahon boks assotsiatsiyasi chempionni kamardan mahrum qilish qarorini chiqargan.

TOShKENT, 26-iyul — Sputnik. O‘zbekistonlik bokschi Ruslan Chagayev Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) versiyasi bo‘yicha muntazam chempionlik kamaridan mahrum bo‘ldi, Boxing Scene tarqatgan xabarga ko‘ra, u tashkilotning titulni himoya qilish bo‘yicha talablarini bajarmagan. R-Sport xabari asosida.

Eslatib o‘tamiz, Ruslan Chagayev va Lukas Braun o‘rtasida chempionlik jangi 5-mart kuni Grozniy shahrida o‘tkazilgan edi. Unda o‘zbekistonlik bokschi raqibi Braunga 10-raundda texnik nokaut bilan mag‘lub bo‘lgandi. May oyida avstraliyalik 37 yoshli Lukas Braunning doping uchun topshirgan takroriy test namunalarida taqiqlangan klenbuterol moddasi borligi aniqlandi va u chempionlik kamaridan mahrum etilib, uning kamari Chagayevga qaytarilgandi.

Shundan so‘ng, ya’ni WBA Braunni chempionlik kamaridan mahrum etib, 6 oyga diskvalifikatsiya qilgach, Chagayevga puerto-rikolik da’vogar Fres Okendo bilan himoya jangi o‘tkazish bo‘yicha muzokaralar uchun 120 kun muhlat berilgan edi.

Chagayevning vakillari shu vaqtgacha muzokaralarni boshlamagani uchun tashkilot uni chempionlik kamaridan mahrum etish qarorini chiqargan.

Yangiliklar lentasi
0