Avgustda Toshkentda CAFA CUP bo‘lib o‘tadi

© fotoliaPodacha mecha
Podacha mecha - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bu yil Toshkentda ilk bor Markaziy Osiyo Futbol assotsiatsiyasi kubogi (CAFA CUP) bo‘lib o‘tadi.

TOShKENT, 26-iyul — Sputnik. Ushbu yilning 6-9 avgust kunlari Toshkentda ilk bor Markaziy Osiyo Futbol assotsiatsiyasi kubogi (CAFA CUP) bo‘lib o‘tadi, O‘zbekiston Futbol federatsiyasi xabariga asosan.   

O‘zbekiston, Afg‘oniston, Qirgig‘iston, Eron, Tojikiston va Turkmaniston jamoalari orasida bo‘lib o‘tadigan musobaqalarda faqat 19 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar qatnashadi. O‘yinlar Toshkentdagi “Jar” va “Paxtakor” stadionlarida bo‘lib o‘tadi.

 Markaziy Osiyo Futbol assotsiatsiyasi 2015-yilda tashkil qilingan bo‘lib uning shtab-kvartirasi Toshkentda joylashgan. Ushbu musobaqa assotsiatsiyaning dastlabki tashkiliy tadbiridir.

O‘yinlar taqvimi bilan assotsiatsiya rasmiy sahifasida tanishishingiz mumkin.

 

Yangiliklar lentasi
0