UzBATda yangi ishlab chiqarish direktori tayinladi

© Sputnik / Ruslan Krivobok / Mediabankka o‘tishSigaret ishlab chiqarish
Sigaret ishlab chiqarish - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu lavozimga oldin Saratov tamaki fabrikasi rahbari lavozimida ishlab kelgan Dmitriy Osovik tayinlandi.

TOShKENT, 26-iyul — Sputnik. UzBATda ishlab chiqarish bo‘yicha yangi direktor tayinlangani ma’lum bo‘ldi. Ushbu lavozimga oldin Saratov tamaki fabrikasi direktori lavozimida ishlab kelgan Dmitriy Osovik tayinlandi, deb xabar berdi “BAT Rossiya matbuot xizmati.

“Dmitriy Osovik” yangi lavozimda British American Tobacconing O‘zbekistondagi ishlab chiqarish bo‘limi, sigaretlar bo‘limi va xom ashyo yetkizib berish bo‘limi rivojlanishi uchun javob beradi”, — deyilgan xabarda.

1994 yilda British American Tobacco “Uztabak” davlat korporatsiyasining 51% aksiyasini sotib olib “Uzbat A.O.” qo‘shma korxonasini tashkil qilgan edi. 2015-yilga kelib korxona tarkibida VATning ulushi 97,35 % ga yetgan.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston sigaretlar bozori yiliga  17 mlrd sigaretdan tashkil topgan. Ushbu mahsulotning 90% BAT Uzbekistan tomonidan ishlab chiqarilmoqda. Import qilinadigan markadagi sigaretlar uchun aksizlar qimmatligi, ularni kontrabanda qilishga sharoit yaratmoqda. Bugungi kunda O‘zbekistonga kontrabanda sigaretlar asosan Tojikiston, Qirg‘iziston va Turkmaniston hududlaridan olib kelinmoqda.  

Dunyo miqyosida British American Tobacco tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha ikkinchi o‘rinda. Bu borada yetakchilik Philip Morris International kompaniyasiga tegishli.

Yangiliklar lentasi
0