1-avgust kuni Toshkentning bir qator ko‘chalarida harakat cheklanadi

Obuna bo‘lish
1 - avgust kuni poytaxtimizdagi oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun test sinovlari o‘tkazilishi munosabati bilan Toshkentning bir qator ko‘chalarida barcha turdagi transport vositalari harakati cheklanadi.

TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. 2016 yilning  1 — avgust kuni poytaxtimizdagi oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun test sinovlari o‘tkazilishi munosabati bilan  soat 06.00 dan to test sinovlari tadbiri tugaguniga qadar ayrim ko‘chalar bo‘ylab barcha turdagi transport vositalari  harakati cheklanadi, deb xabar qilmoqda Toshkent shahar hokimligi matbuot-xizmati.

Test sinovlari o‘tkazilishi munosabati bilan harakat cheklanadigan ko‘chalar ro‘yxati:
Olmazor tumanida:
Universitet ko‘chasi bo‘ylab Forobiy ko‘chasidan Talabalar ko‘chasiga qadar;
Shifokor 1-tor ko‘chasi bo‘ylab Shifokor ko‘chasidan TXAYga qadar;
Mirzo Ulug‘bek tumanida:
— Qori Niyoziy ko‘chasi bo‘ylab Niyozbek yo‘li ko‘chasidan Osiyo ko‘chasiga qadar;
Shayxontohur tumanida:
Paxtakor ko‘chasi bo‘ylab;
Uchtepa tumanida:
— Reshetov ko‘chasi bo‘ylab Uyg‘ur ko‘chasidan B. Nosirov ko‘chasiga qadar;
Yakkasaroy tumanida:
—  Shohjahon ko‘chasi bo‘ylab Askiya ko‘chasidan Imom-at-Termiziy ko‘chasiga qadar;
— Bratislava ko‘chasi bo‘ylab Shota Rustaveli ko‘chasidan Yusuf Xos Hojib ko‘chasiga qadar;
— Yusuf Xos Hojib ko‘chasi bo‘ylab Bratislava ko‘chasidan Bog‘tepa ko‘chasiga qadar;
Mirobod tumanida:
Shahrisabz ko‘chasining Taras Shevchenko ko‘chasidan Amir Temur shox ko‘chasiga qadar.

Test sinovlari bo‘lib o‘tadigan boshqa joylarda ham vaziyat taqozo etganda, transport harakati    vaqtincha cheklanishi mumkinligi qo‘shimcha qilinmoqda.

Yangiliklar lentasi
0