Mexmet Gunal: “O‘zbekiston mustaqillikdan keyin ulkan muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritdi”

Obuna bo‘lish
Turkiya parlamenti a’zosi, professor Mehmet Gunal Turgutoglu Mustaqillik bayrami munosabati bilan o‘zining samimiy tabriklarini izhor etdi.

TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. Mamlakatimiz davlat mustaqilligining 25-yilligi arafasida xorijiy mamlakatlar ijtimoiy-siyosiy doiralari vakillarining ushbu muhim bayram munosabati bilan o‘zbek xalqiga yo‘llagan qutlovnomalari kelishi davom etmoqda, deb xabar qilmoqda "Jahon" AA.

Bundestag - Sputnik O‘zbekiston
Xartmut Koshik: Germaniya O‘zbekiston qiyofasida o‘zining kuchli va ishonchli sherigini ko‘radi
Xabarda aytilishicha, navbatdagi tabrik Turkiya Buyuk Millat majlisining Budjet va rejalashtirish komissiyasi a’zosi, Yevropa kengashi Parlament assambleyasi a’zosi, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Mehmet Gunal Turgutoglu tomonidan yo‘llangan.

"Mustaqillik yillari davomida O‘zbekiston ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda ulkan muvaffaqiyatlarga erishdi, e’tiborga sazovor bunyodkorlik salohiyatini amalda namoyish etgani holda o‘ta muhim vazifa — dunyoning rivojlangan davlatlari qatoridan joy olish uchun mustahkam zaminni shakllantirishga ulgurdi", — deb ta’kidlagan professor.

"Buyuk merosni zamonaviy imkoniyatlar bilan mohirona uyg‘unlashtirgan O‘zbekiston o‘z yo‘lidan borish hamda boshqa mamlakatlar tajribasidan nusxa ko‘chirmaslik yuzasidan qat’iy qaror qabul qildi. Bundan tashqari, Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlikka qator tahdid va xavf-xatarlar mavjudligiga qaramasdan, respublika tinchlik va barqarorlikni saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldiki, bu omillarsiz bugungi zamonaviylik va taraqqiyotni tasavvur qilish aslo mumkin emas.

Men barcha o‘zbekistonliklarni tobora yaqinlashib kelayotgan mustaqillikning yubiley bayrami bilan chin qalbimdan tabriklayman. Ushbu fursatdan foydalanib, Turkiya O‘zbekiston muvaffaqiyatlaridan quvonishini qayd etishni istar edim. Bizning ishonchimiz komilki, bugungi kunda xalqaro maydonda o‘zining munosib o‘rniga ega bo‘lgan O‘zbekiston bundan keyin ham izchil rivojlanishda davom etadi", — deya qo‘shimcha qilgan Mexmet Turgutoglu.

Yangiliklar lentasi
0