"O‘zbekkino" ilk to‘liqmetrajli multfilmni suratga olmoqda

© Sputnik / Konstantin Chalabov / Mediabankka o‘tishYalmog‘iz kampirning sehrli uyi
Yalmog‘iz kampirning sehrli uyi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ilk to‘liqmetrajli multfilm loyihasi "O‘zbekfilm" AJ multstudiyasida yaratilmoqda.

TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. Multfilm premyerasi "O‘zbekfilm"ning 50-yillik yubileyiga bag‘ishlanadi, deb xabar qilgan naesmi.uz.

Xabarda ta’kidlanishicha, shu vaqtga qadar o‘zbek multiplikatorlari davomiyligi o‘n daqiqadan oshmaydigan kartinalarni yaratib kelganlar.

"Bugungi kunda ilk marotaba to‘liqmetrajli kartina ustida ish olib borapmiz. Oldimizda turgan masalani oson deb bo‘lmaydi, ammo biz barcha muammolarni yengishga harakat qildik", — deb ta’kidlagan studiya badiiy rahbari, o‘zbek multiplikatsiyasi asoschilaridan biri Mavzur Mahmudov.

 "Bu muammolar ssenariy yozilishi jarayonida vujudga kela boshladi. Bolaning e’tiborini ushlab qolish oson ishmas. Yangi ijodkorlarni jalb qilish orqali bu masalaga yechim topishga harakat qildik. Multfilm ssenariysi taniqli yozuvchi, adib Ismoil Shomurodov tomonidan yozilgan. Kartinaning ishchi nomi "No‘xot polvon", ammo "Sehrli ko‘z yoshlar" degan variantda to‘xtalish niyatimiz ham yo‘q emas" — deya qo‘shimcha qilgan u.

© Youtube / Uzbek Multfilm"Zumrad va Kimmat" multfilmining umumiy davomiyligi 12 daqiqa 19 soniyani tashkil qiladi
Zumrad va Kimmat multfilmining umumiy davomiyligi 12 daqiqa 19 soniyani tashkil qiladi - Sputnik O‘zbekiston
"Zumrad va Kimmat" multfilmining umumiy davomiyligi 12 daqiqa 19 soniyani tashkil qiladi

Ijodkorlarning so‘zlariga qaraganda, multfilm — o‘lmas mavzulardan biri bo‘lmish — ezgulik va yomonlik o‘rtasidagi kurash haqida. Ssenariyga ko‘ra, Yalmog‘iz kampirga u o‘zining barhayotligini uzaytirishi uchun sohibjamolning ko‘z yoshlari kerak bo‘ladi. Shu bois u boyning qizini o‘g‘irlaydi. Sohibjamol qizni zulmat saltanatidan qutqargan mard yigitga davlatmand ota katta boylik hamda o‘z qizini va’da qiladi. Huriliqoni qutqarishga Ahad va Po‘lat ismli pahlavonlar otlanadilar, ammo faqat No‘xat-polvongina bu ishning uddasidan chiqadi.

Bir so‘z bilan aytganda, multfilm g‘aroyib sarguzashtlarga boy. Mualliflar kartina jajji bolajonlarga manzur bo‘lishiga umid bildirishmoqda.

Yangiliklar lentasi
0