ERIga ega bo‘lgan o‘zbekistonliklar onlayn tarzda bolani bog‘chaga joylashlari mumkin

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishBolalar bog‘chasida.
Bolalar bog‘chasida. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Bolalarni maktabgacha tarbiya muassasalariga qabul qilish bo‘yicha arizalarni qabul qilish” interaktiv xizmati shu paytgacha faqat Toshkent shahri aholisi uchun taqdim etilar edi, endi esa bu xizmatdan respublikaning xohlagan nuqtasidan turib foydalanish mumkin.

TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. Bugundan boshlab har bir ota-ona yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga bolalarni maktabgacha tarbiya muassasalariga qabul qilish bo‘yicha arizani yo‘llashi mumkin, deb xabar beriladi portal rasmiy saytida.

"Ma’lum qilamizki, "Bolalarni maktabgacha tarbiya muassasalariga qabul qilish bo‘yicha arizalarni qabul qilish" interaktiv xizmati, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali faqatgina Toshkent shahri aholisi uchun taqdim etilar edi, endi esa bu xizmatdan respublikaning xohlagan nuqtasidan turib foydalanish imkoniyati yaratildi", — deyiladi xabar matnida.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bu xizmatdan Yagona portaldan ro‘yxatdan o‘tgan va ERI (elektron raqamli imzo) ga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar foydalanishlari mumkin. Xizmatdan foydalanish uchun elektron shakldagi arizani to‘ldirish va zaruriy hujjatlar (Xizmat pasportining “Hujjatlar” bo‘limida ko‘rsatilgan) to‘plamini taqdim etish kifoya.

Yo‘llanma olish uchun taqdim etilgan ariza va hujjatlar qabul komissiyasi tomonidan 10 kun muddat ichida ko‘rib chiqiladi va qabul qilingan qaror haqida 3 kun muddat ichida arizachiga xabar beriladi.

Xizmat ko‘rsatish narxi – bepul.

Yangiliklar lentasi
0