Putin: kaltafahm siyosatbozlar sportni ham tinch qo‘ymayapti

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka o‘tishRF prezidenti V. Putin Kremlda Rossiya olimpiya termasi bilan uchrashdi
RF prezidenti V. Putin Kremlda Rossiya olimpiya termasi bilan uchrashdi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat olimpiya terma jamoasi bilan uchrashuvda shaxsan rossiyalik sportchilarning sha’nini himoyalashga va’da berdi.

TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. Vladimir Putin rossiyalik sportchilarga qarshi qaratilgan "aniqmaqsadli kampaniyani" keskin qoraladi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Prezident RF V. Putin provel zasedanie Sovbeza RF - Sputnik O‘zbekiston
Vladimir Putin Rossiyada mustaqil doping komissiyasi tuzishni taklif qildi
Olimpiyachilar oldida chiqish qilar ekan, Rossiya rahbari yengil atletikachilarning Olimpiya musobaqalaridan mutlaq diskvalifikatsiya qilinishini hech qachon ma’qullamasligini va haqiqat yuzaga chiqishi uchun qo‘ldan kelgancha harakat qilishini ma’lum qilgan.

Putinning so‘zlariga qaraganda, rossiyalik sportchilar bilan yuz bergan holat aql bovar qilmas darajaga kelgan.

"Shu yerda ochig‘ini aytish kerak-ki, uzoqni ko‘ra bilmaydigan siyosatbozlar sportni ham tinch qo‘ymayapti. Aslida sport orqali xalqlar bir-biriga yaqin bo‘lmog‘i, davlatlar o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar bartaraf etilmog‘i lozim", — deya qo‘shimcha qilgan Putin.

Rossiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, ko‘plab atletikachilar noxaq jabr ko‘rgan, sababbi ularga doping bo‘yicha aniq ayblovlar ilgari surilmagan.

"Har biringiz shuni biling-ki: biz shak-shubhasiz sizlar bilan faxrlanamiz. Sizning sha’ningiz, sportdagi yutuqlaringiz va g‘ururingizni tiklash uchun hamma narsaga tayyormiz. Adolat, albatta, g‘alaba qozonadi", — deb va’da qilgan Rossiya prezidenti.

Yangiliklar lentasi
0