Ruslan Chagayev o‘z faoliyatini yakunladi

© Sputnik / Said Sarnayev / Mediabankka o‘tishRuslan Chagayev
Ruslan Chagayev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sportchi ko‘zlaridagi kasallik tufayli shunday qaror qabul qilganligi aytilmoqda.

TOShKENT, 28-iyul — Sputnik. Andijonlik bokschi Ruslan Chagayev o‘z karyerasini yakunlaganini e’lon qildi, deb xabar qilgan uz24.

Xabar qilinishicha, sportchining bunday qaror qabul qilishiga ko‘zlari bilan bog‘liq muammo turtki bo‘lgan.

"Ruslan o‘z karyerasini tugatayotgani haqida xabar qildi, — deb xabar qilgan bokschining menejeri Timur Dugazayev. — Uning bunday qaror qabul qilishiga ko‘zlaridagi muammo sabab bo‘lgan. Salomatlik hamisha ustun turmog‘i lozim".

Bundan sal oldin Butunjahon boks assotsiatsiyasi puerto-rikolik bokschi Fres Okendo bilan o‘tkazlishi lozim bo‘lgan jangni inkor qilgani uchun Chagayevni chempionlik kamaridan mahrum qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0