Olimpiya jamoasiga Putinning yo‘riqlari va Isinbayevaning ko‘z yoshlari

Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti Vladimir Putin va langarcho‘p bilan sakrash bo‘yicha ikki karra Olimpiya chempioni Yelena Isinbayeva Rio-de-janeyroga otlangan Rossiya Olipiya jamoasi oldida so‘zga chiqishdi.

Vladimir Putin Yengil atletikachilar ga qarshi hech qanday aniq ayblovlar qo‘yilmasdan jamoa Olimpiya o‘yinlaridan chetlatilganini — nohaq jazo deb baholadi.

“Biz, shak shubhasiz, sizlar bilan mag‘rurlanamiz va sizlarning g‘ururingiz,  va sport olamidagi obro‘yingiz va qadr-qimmatingiz uchun kurashamiz. Haqiqat baribir qaror topadi”, — dedi Rossiya prezidenti.

Yelena Isinbayeva o‘z so‘z navbatida ko‘z yoshlarini tutib tura olmadi, keyin bo‘lsa butun jamoaga o‘z muvaffaqiyatlari bilan dunyoni larzaga solishni, Olimpiya o‘yinlarida Rossiya madhiyasi to‘xtovsiz jaranglashini niyat qildi.

 

Yangiliklar lentasi
0