Dunyoda

Pxenyan: AQSH oʻz harbiylarini Kim Chen Inni yoʻq qilishga tayyorlamoqda

© KRT via AP Video Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In - Sputnik Oʻzbekiston
Rasmiy Vashington 6 iyul kuni Pxenyan rahbari Kim Chen In va shimoliy koreyalik 22 nafar korchalonlarga nisbatan sanktsiya eʼlon qildi. Pxenyan hukumati bu qaror bilan "AQSH chegaradan oʻtganini" aytmoqda.

TOSHKENT, 28 iyul — Sputnik. AQShning soʻnggi qabul qilgan qarori — amerikaliklar chegarani unutib qoʻyyayotganini anglatmoqda, deb bayonot qilgan KXDR TIVning AQSH bilan munosabatlar departamenti rahbari Xan Son Rel. Bu haqda RIA Novosti xabar qilgan.

Rasmiy Vashington 6 iyul kuni Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In va mamlakatning 22 nafar amaldoriga nisbatan sanktsiya eʼlon qildi. AQSH fikriga koʻra, sanktsiya eʼlon qilingan koreyalik rasmiylar inson huquqlari poymol etilishida masʼul.

Shimoliy Koreya televideniyesi diktori vodorod bombasi sinovdan oʻtkazilgani haqida xabar qilmoqda. - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Shimoliy Koreya va AQSH urush yoqasida

Xan Son Rel esa AQShning soʻnggi xatti-harakatlari tufayli yarimorolda vaziyat keskin tus olganini taʼkidlamoqda. "Agar Amerika kelgusi oyda ham Janubiy Koreya bilan hamkorlikdagi harbiy oʻyinlarini davom ettirsa, toʻqnashuv yuzaga kelishi muqarrar", — degan u.

"Pxenyanda mavjud maʼlumotlarga koʻra, Amerika oʻzining harbiy oʻyinlari davomida oʻz askarlarini Shimoliy Koreyaga tajovuz qilishga hamda Kim Chen Inni yoʻq qilishga qaratilgan "qurolsizlantiradigan zarba" berishga tayyorlamoqda", —  deb qoʻshimcha qilgan Xan Son.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala