Jamiyat

Oʻzbekiston chegaralaridan qaysi biri mustahkam qoʻriqlanadi - ekspert fikri

© IA "Jaxon"Uzbekskiy pogranichnik na postu
Uzbekskiy pogranichnik na postu - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻrta Sharq va Markaziy Osiyo mamalkatlari boʻyicha ekspert Aleksandr Knyazev, bugungi kunda Oʻzbekistonning enshg xavfli chegaralari qaysi ekanini aytib oʻtdi.

TOSHKENT, 28 iyulya – Sputnik. Knyazev aytishiga qaraganda sobiq Ittifoq tarqalganidan keyin Oʻzbekiston uchun eng katta tahdidlardan biri bu uning janubiy chegaralari tomonida paydo boʻlayotgan xavflar boʻlib qolmoqda. “Narkotiklar tranziti va Afgʻonistonda joylashgan jangari guruhlar muammosi – maʼlum jugʻrofiy xususiyatlarga ega”.

Ekspertning soʻzlariga qaraganda, ushbu muammoning taajubli tomonlari ham bor. Masalan Oʻzbekistonning Afgʻoniston bilan bevosita chegarasi juda yaxshi himoyalangan va uni yashirin kesib oʻtishning umuman iloji yoʻq. “Afgʻon-oʻzbek chegarasi kuchli himoyalanish boʻyicha Shimoliy va Janubiy Koreya chegarasidan keyin ikkinchi oʻrinda tursa kerak. Chegaraning ushbu qismi 140 km ni tashkil qiladi, u yerda faqat bir nazorat-oʻtkazish punkti bor – bu mashhur “Drujba” koʻprigi. Ushbu koʻprik orqali bir vaqtlar sovet qoʻshnlari Afgʻonistondan olib chiqib ketilgan edi. U zamonaviy, yaxshi qoʻriqlanadigan inshootdir. Oʻzbek-afgʻon chegarasi Amudaryo chizigʻi boʻylab oʻtadi. Daryoning keng oqimini kesib oʻtish unda oʻrnatilgan murakkab texnik toʻsinlar tufayli juda murakkab. Undan tashqari chegarachilar ixtiyorida zamonaviy yaxshi jihozlangan qoʻriqchi flot ham bor. Umuman aytganda, ushbu yoʻnalish boʻyicha xatarlarning oldi toʻliq olingan”, — dedi Knyazev. 

Oʻzbekiston chegarachilari - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
MDH chegara xizmatlari birgalikda faoliyat yuritadi

Uning soʻzlariga qaraganda Oʻzbekistonning Turkmaniston, Tojikiston va Qirgʻiziston chegarasi tomonidan kelgan xavf kuchliroq boʻlishi mumkin. Rasmiy xabarlarga koʻra Afgʻonistonda yetishtirilgan narkotik moddalarning 80% Oʻzbekistonga aynan Tojikiston va Qirgʻiziston chegarasi orqali oʻtib keladi. “Bu Oʻzbekiston hukumatning doimiy bosh ogʻrigʻi”, — dedi ekspert.

Knyazevning fikriga koʻra, oʻzbek-turkman chegarasida ham vaziyat keskinlashmoqda. Ushbu chegarani juda yaxshi himoyalangan deb boʻlmaydi. “Ayrim boʻlaklarida narkotiklar, qurol-yarogʻ, migratsiya va terrorchilik tranziti mumkin boʻlgan qismlar bor. Ushbu qismlar orqali Afgʻonistonda mavjud boʻlgan xavflar Oʻzbekistonga taʼsir koʻrsatidi mumkin”.

Oʻzbekistonni 100% xavfdan xoli qiladigan yechim hozircha topilgani yoʻq, deb hisoblaydi ekspert. Tojikiston va Qirgʻiziston bilan chegaralarning ayrim boʻlaklari hozirgacha demarkatsiya qilinmagan, yagona bitimga erishilmagan masalalar ham bor. Tojikiston va Qirgʻiziston orasidagi chegara ham haligacha berkitilmagan va toʻliq nazorat qilinmaydi, shuning uchun narkotiklar tashib oʻtishni butunlay toʻxtatishning iloji yoʻq, — deydi Knyazev.

Dunyoda
Tojikiston chegara qoʻriqlashni kuchaytirmoqda

Ekspert shu qatorda Oʻzbekiston xavfsizligiga taʼsir koʻrsatayotgan bir qator ichki muammolarni ham aytib oʻtdi. Diniy ekstremizm, yashirin tashkilotlar faoliyati va aholi orasida ID taʼsirini tarqatishga boʻlgan urinishlar shular jumlasidan.

Islom Karimov tomonidan oʻtkazilgan Xavfsizlik kengashida, mamlakat janubiy chegaralariga yaqin hududlarda xavfsizlik va tarqalishi mumkin boʻlgan xavflar oldini olishga qaratilgan masalalari hamda terrorchilik va ekstremizmga qarshi, qoʻshni mamlakatlar bilan hamkorlikni rivojlantirish masalalari ham qoʻyilgan.

Eslatib oʻtmiz, oxirgi bir nacha oy davomida Afgʻonistonda vaziyat notinchligicha qolmoqda. Mamalkatda “Islom davlati” taʼsiri kuchayib, uning yashirin boʻlinmalari tomonidan uyushtirilayotgan terrorchilik aktlari soni oshib bormoqda. Bir necha kun oldin ID tomonidan Qobulda uyushtirilgan teraktda 80dan ziyod kishi qurbon boʻlgan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala