Sport Kurashi assotsiatsiyasi Taymazov nomzodini qo‘llab-quvvatladi

© MARWAN NAAMANI / AFPO‘zbekistonlik erkin kurashchi Artur Taymazov
O‘zbekistonlik erkin kurashchi Artur Taymazov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Artur Taymazov – O‘zbekistonda sportni rivojlantirishda o‘zining ulkan hissasini qo‘shgan, hozirgi zamonning eng buyuk kurashchilaridan biridir.

TOShKENT, 28-iyul — Sputnik. O‘zbekiston Sport Kurashi assotsiatsiyasi Shimoliy Osetiya-Alaniya rahbari Vacheslav Bitarov nomiga rasmiy xat yo‘llab, undan uch karra Olimpiya chempioni, o‘zbekistonlik sportchi Artur Taymazovni Rossiya Dumasiga deputatlik nomzodini qo‘llab- quvvatlash so‘ralgan, deb xabar bermoqda Nuz.uz.

Artur Taymazov O‘zbekistonning eng nomdor sportchisi - Sputnik O‘zbekiston
Kurashchi Artur Taymazov Rossiya Dumasi deputati bo‘lish istagini bildirdi

Assotsiatsiya vakillarining so‘zlariga qaraganda, hozirgi zamonning eng buyuk erkin kurashchilaridan biri bo‘lgan Artur Taymazov O‘zbekistonda sport rivojlanishiga ham ulkan hissa qo‘shgan. 

Undan tashqari Assotsiatsiya xatida Taymazovning Rossiya va O‘zbekiston orasidagi sport va madaniyat sohsidagi hamkorlkka qo‘shgan hissasi ham eslab o‘tilgan.   

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning eng unvondor erkin kurashchisi bo‘lgan Artur Taymazov, “Yedinaya Rossiya” partiyasi nomidan Rossiya Davlat dumasining VII chaqiriq kengashiga nomzod.

Yangiliklar lentasi
0