Dunyoda

Xillari siyosatdan pullarni yoʻqotishga va AQSH dushmanlarini yakson qilishga soʻz berdi

© Sputnik / Nikita Shoxov / Fotobankka oʻtishAQSH prezidentligiga nomzod Xillari Klinton
AQSH prezidentligiga nomzod Xillari Klinton - Sputnik Oʻzbekiston
Demokratlar partiyasidan AQSH prezidentligiga nomzod Xillari Klinton kuni kecha saylovchilar oldida chiqish qilib, oʻzining siyosiy rejalari borasida soʻzladi.

TOSHKENT, 29 iyul — Sputnik. Demokratlar partiyasidan AQSH prezidentligiga nomzod Xillari Klinton Amerika dushmanlariga "qaqshatgich zarba" berishga vaʼda qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar tarqatgan.

"Biz qatʼiyatli dushmanlar bilan kurashmoqdamiz, ularga qaqshatgich zarba bermoq lozim", — deb aytgan Klinton Filadelfiyada oʻtgan partiya yigʻini davomida.

Klinton xonimning soʻzlariga koʻra, agar u prezident etib saylansa, Amerika xalqi xavfsizligi va mamlakat iqtisodiyoti u uchun eng ustuvor maqsadlardan biri boʻladi. U shuningdek savdo siyosatida Xitoyga qarshi turishga vaʼda qilgan. "Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qoʻllab-quvvatlaylik, bizga qoʻshiling", — deya daʼvat qilgan u.

Xillari Klinton barcha amerikaliklar uchun prezident boʻlishga vaʼda qilgan.

"Men demokratlar, respublikachilar, mehnat ahli, muammolarga duch kelganlar, omadi chopganlar, men uchun ovoz berayotganlar va meni saylashdan bosh tortayotganlar, umuman barcha amerikaliklar uchun prezident boʻlaman", — degan u yigʻilish davomida.

AQShning sobiq Davlat kotibi, oʻz chiqishida mamlakat "siyosatidan pullarni yoʻqotish" kerakligi haqida ham gapirgan.

Xillari Klinton. - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Klinton Amerikaga oʻxshaydigan hukumat tashkil qilmoqchi
"Siyosatdan pullarni chiqarib tashlash uchun Oliy sud raisi kerak bizga", — deb aytgan u. Eslatib oʻtamiz, ayni vaqtda AQSH Oliy sudi raisga ega emas, sababi, mamlakat kongressi Barak Obama tomonidan tavsiya etilgan nomzodni koʻrib chiqishdan bosh tortmoqda.

AQSH prezidentligiga nomzod boʻla olgan birinchi ayol sifatida eʼtirof etilayotgan Xillari Klinton oʻz nutqi davomida Trampga yadro qurolini ishonib boʻlmasligi va u shunchaki vaʼdabozligini aytgan.

Shuningdek, Eron yadro dasturini bir dona ham oʻq sarflamasdan yopishga muvaffaq boʻlganidan faxrlanishi haqida taʼkidlagan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader