Bobur va Shota Rustaveli ko‘chalari chorrahasida avariya sodir bo‘ldi

© Facebook / Voditeli TashkentaBobur va Shota Rustaveli ko‘chalari chorrahasida sodir bo‘lgan avariya
Bobur va Shota Rustaveli ko‘chalari chorrahasida sodir bo‘lgan avariya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘tgan tunda Toshkentda avariya sodir bo‘ldi. Kobalt bilan to‘qnashib ketgan Spark avtomobilida bo‘lgan 4 kishida 3 tasi qurbon bo‘lgan.

TOShKENT, 29-iyul — Sputnik. 28 iyul oqshomi Toshkentdagi Bobur va Shota Rustaveli ko‘chalari chorrahasida qo‘rqinchi avariya sodir bo‘ldi, Facebookdagi "Voditeli Tashkenta" guruhi xabariga asosan.

Guvohlar aytishiga qaraganda, katta tezlikda harakatlanayotgan Spark avtomobili chorrahada yonib turgan qizil chiroqqa o‘tib ketmoqchi bo‘lganda chorrahaning boshqa tomonidan kelayotgan kobalt avtomobiliga to‘qnashib ketgan. Zarbaning tovushidan atrofdagi uylarda yashayotgan odamlar uyg‘onib ketgan.

Kuchli zarba natijasida spark ag‘darilib ketgan, kobaltning esa yon tomoniga zarar yetgan.

Voqea joyida bo‘lgan odamlar aytishiga qaraganda Sparkda 4 kishi ketayotgan bo‘lgan. Ulardan 3 kishi voqea joyida qurbon bo‘lgan, 1 kishi og‘ir ahvolda 16 shahar kasalxonasiga olib ketilgan. Kobalt yo‘lovchilari zaralangani haqida ma’lumot yo‘q.

Yangiliklar lentasi
0