Dunyoda

Rossiya BMTda Ukrainaning Qrim haqidagi taklifiga veto qoʻydi

© Sputnik / Dmitriy Astaxov / Fotobankka oʻtishBMT Xavfsizlik kengashi
BMT Xavfsizlik kengashi - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiya Ukrainaning Qrim yarim orolini Rossiyaning Janubiy Federal okrugi tarkibiga qoʻshilishiga qarshi kiritilgan taklifiga veto qoʻydi.

TOSHKENT, 29 iyul — Sputnik. Rossiya delegatsiyasi Ukrainaning BMT Xavfsizlik kengashiga Qrim yarim orolini Rossiyaning Janubiy Federal okrugi tarkibiga qoʻshilishiga qarshi kiritilgan taklifiga veto qoʻydi.

Bundan bir necha kun oldin, Vladimir Putin Qrim Federal okrugini Janubiy Federal okrug tarkibiga qoʻshib olish haqida qaror qabul qilgan edi. Yangi tashkil qilingan okrug tarkibiga Adыgeya, Kalmыkiya respublikalari, Krasnodar lkasi, Astraxan, Volgograd va Rostov viloyatlari kirdi.

Kiyev BMT Xavfsizlik kengashiga Rossiyada yangi tashkil qilingan federal okrugni yoʻq qilish taklifi bilan chiqdi. Ularning fikriga koʻra ushbu okrug Ukraina territoriyasini oʻz ichiga olgan ekan.

Ukrainaning BMTdagi elchisi Vladimir Yelchenko Rossiya prezidenti qarorini “noqonuniy” va Rossiya delegatsiyasining harakati haqida “biz buni kutgan edik” dedi.

Eslatib oʻtamiz, 2014 yilning mart oyida oʻtkazilgan referendumda Qrim yarim orolida yashovchi 96,77 % aholi Qrimning Rossiyaga qoʻshilish tarafdori boʻlgan edi. Shundan keyin Qrim Yarim oroli Rossiya Federatsiyasi tarkibiga qoʻshilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala