Hodisalar

Andijonda sel kelishi tufayli odamlarning uylarini suv bosdi

© press-slujba MCHS KRSel
Sel - Sputnik Oʻzbekiston
Sel kelishi 20 daqiqacha davom etgan, odamlarning uylarini suv bosgan.

TOSHKENT, 30 iyul — Sputnik. Andijonda kuchli sel keldi, deb xabar qildi Sputnik Oʻzbekiston nashriga hodisa guvohlaridan biri.

"Shaxardagi ariqda suv toshib, odamlarni uyini suv bosib ketdi. Sel kelishi kamida 20 daqiqa davom etdi. Suv ayrim odamlarning uyini poligacha yetibdi. Qorongʻi tushib qolgani va suv tizzagacha boʻlgani hamda darvozalarni, devorlarni tagini qum toʻldirilgan qoplarda toʻsishgani uchun uylarga kirishni imkoni boʻlmadi", — dedi manba.

Eslatib oʻtamiz, hafta boshida Uzgidromet ayrim hududlarda sel kelish xavfi borligi haqida ogohlantirgan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala