O‘zbekiston boks jamoasi Olimpiya o‘yinlariga to‘liq tarkibda qatnashadi

© StringerUzbekskaya olimpiyskaya sbornaya po boksu
Uzbekskaya olimpiyskaya sbornaya po boksu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi birinchi marotaba Olimpiya o‘yinlariga to‘liq tarkibda – yani barcha vazn toifalaridan qatnashadigan bo‘ldi. Rioga O‘zbekistondan jami 10 nafar eng sara bokschilar yo‘l oladi.

TOShKENT, 1 avg — Sputnik. O‘zbekistonning boks terma jamoasi birinchi marta Olimpiya o‘yinlarida to‘liq tarkibda yo‘l oladi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.

Bokschilar Hasanboy Do‘smatov (49kg), Shaxobiddin Zoirov (52 kg), Murodjon Axmadaliyev (56 kg), Xurshid Tojiboyev (60 kg), Fazliddin G‘oipnazarov (64 kg), Shaxram Giyasov (69 kg), Bektemir Melikuziyev (75 kg), Elshod Rasulov (do 81 kg), Rustam Tulaganov (91 kg) va Baxodir Jalolov (91 kg).

Undan tashqari ringga birinchi marta O‘zbekistonlik bokschi qiz chiqadi. U 51kg gacha vazn toifasida ishtirok etuvchi, 19  yoshli Yodgoroy Mirzayeva.

Ayni damda bizning jamoamiz Braziliyada va u yerda faol tayorlanmoqdalar, jumladan Rio-de-Janeyrodagi mashhur  dengiz qirg‘og‘ida ham.

“Sportchilarga olimpiadaning birinchi kunlaridanoq janglar boshlanadi. Boks musobaqalari 6-avgustda 21-avgustga qadar davom etadi. Ringga birinchi bo‘lib Hasanboy Do‘stmatov, Xurshid Tojiboyev, Elshod Rasulov va Rustam To‘laganovlar chiqadi. Janglar Toshkent vaqti bilan 19:00 boshlanadi”, — deyishdi Respublika Bobks federatsiyasida.

O‘zbekiston muxlislari eng katta umid bog‘lagan sportchilar bu yoshlar orasida Olimpiada chempioni Bektemir Meliqo‘ziyev bilan bog‘lik. 75 kg gacha bo‘lgan vazn toifasida qatnashayotgan sportchini ekspertlar eng yetakchi sportchilardan biri deb aytmoqda. Meliqo‘ziyev Londonda bronza medalga sazovor bo‘lgan Abbos Atoyevning o‘rniga kelgan.

22 yoshli yana bir sportchi Hasanboy Do‘smatovdan ham umidlar katta. Yeng yengil vazn toifasida ishtirok etuvchi bokschi ikki yil oldin Qozondagi Universiada va undan keyin yana bir necha turnirlar g‘olibi bo‘lgan edi. WSB yarim professional musobaqada esa, birorta ham mag‘lubiyatga uchramasdan, eng yaxshi bokschilardan biri bo‘lgan edi. 

© SputnikOlimp cho‘qqisiga yo‘l
Olimp cho‘qqisiga yo‘l - Sputnik O‘zbekiston
Olimp cho‘qqisiga yo‘l
Yangiliklar lentasi
0