TOSHKENT, 2 avg — Sputnik. Kaspersky Lab va iconKids & Youth tomonidan oʻtkazilgan tadqiqotlarga koʻra, har beshinchi oila internet va unga ulangan gadjetlar janjal sababchisi boʻlishi mumkin, degan fikrda, deb xabar qilmoqda Sputnik Latviya.
3700 oila ishtirokida oʻtkazilgan soʻrovnoma, virtual hayot qanday qilib oila qadriyatlarini barbod qilayotganini koʻrsatib berdi, deyilgan xabarda.
Xabarda aytilishicha, ilgarilari farzandlar yordam uchun oʻz ota-onasiga murojaat qilgan boʻlsalar, endilikda ular oʻzlarini qiziqtirgan savollarga internet yordamida javob topishga harakat qilishmoqda.
Shuningdek, soʻrovnomada ishtirok etgan oilalarning deyarli teng yarmi (42%) — ijtimoiy tarmoqlarda oʻzaro doʻst tutinmasliklarini tan olganlar.
Kattalarning soʻzlariga koʻra, bu tufayli oʻsmirlar noqulay ahvolga tushishlari mumkin.
Har toʻrtinchi ota-ona esa (23%) internet ularni oʻz farzandlaridan uzoqlashtirayotganini taʼkidlaganlar.