Jamiyat

Murod Manzur Axmadboy haqida qoʻshiq kuyladi

© youtubeKadr iz klipa pesni Murod Manzura pro Axmadbaya
Kadr iz klipa pesni Murod Manzura pro Axmadbaya - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Qoʻshiqqa peshana teri bilan topgan matizini kaptivaga almashtirmoqchi boʻlgan Axmadboyning “abonentlaridan” biri misolida klip yaratilgan.

TOSHKENT, 2 avg — Sputnik. Yaqinda internetda Murod Mansur ijrosida Ahmadboy haqida yangi qoʻshiq paydo boʻldi. Aniqrogʻi “Ahmadboy” piramidasiga ishonib chuv tushgan kishi haqida.

Axmad aka, Axmad aka, Axmad aka
Ayting nima qilay endi Axmad aka?!
Tongi otmas kechalari oromim yoʻq
Bir kunim oq, bir kun qora — shaxmat aka.

Umuman olganda, qoʻshiq bizga manzur boʻldi, sifatli musiqa va yaxshi sheʼr asosida ijro etilgan va chiroyli klip suratga olingan.

Qoʻshiqning naqoratida “Axmad” soʻziga “shaxmat” degan qofiya ishlatilgan. Bizga bu internetda Ahmadboy haqidagi juda ommaviy boʻlgan videolavhani eslatdi. Unda bir yosh bola “Axmad, shaxmat otangga ming raxmat” deb qoʻshiq aytadi. Aytishlariga qaraganda, ushbu bolakay Axmadboyning “navigatori” boʻlgan emish. Qanaqa navigator  deysizmi?  Bolakay koʻcha boshida turvolib “Axmadboyni uyi qayerda?” deb soʻrab kelgan odamlarga yoʻl koʻrsatar va evaziga suyunchi olar ekan. Shunaqa oʻzbekcha navigator.

Yangiliklar lentasi
0