Andijondagi YTH oqibatida Lacetti ariqqa tushib ketdi

Obuna bo‘lish
Andijon shahrida Lacetti avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Facebookdagi "Voditeli Tashkenta" guruhida qoldirilgan xabarda hodisa aynan qachon yuz berganiga aniqlik kiritilmagan.

TOShKENT, 3 avg — Sputnik. Andijondagi YTH oqibatida Lacetti ariqqa tushib ketdi, deb xabar qilmoqda nuz.uz.

Xabarga ilova qilingan suratda Lacetti avtomobilining old qismi ariqqa tushib ketgani, unga jiddiy zarar yetganini ko‘rish mumkin.

"Andijon shahrida Lacetti yo‘l o‘rtasidagi panjarani buzib, anhorga tushib ketdi", — deb izoh qoldirgan fotoxabar muallifi.

Hodisa oqibatida tan jarohati olib, jabrlanganlar haqida rasmiy axborot yo‘q.

Yangiliklar lentasi
0