OAV: AQSh o‘z fuqarolarini qutqarish uchun Eronga maxfiy tarzda 400 mln $ yubordi

© ATTA KENARE / AFPEron bayrog‘i
Eron bayrog‘i - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQShning hozirgi prezidenti Barak Obama ma’muriyati yanvar oyida Eronga turli davlat valyutalari ortilgan samolyotni yashirin tarzda yuborgan. Naqd pulning umumiy miqdori 400 million dollarga yaqin bo‘lgan.

TOShKENT, 3 avg — Sputnik. AQSh o‘z fuqarolarini qutqarish uchun Eronga maxfiy tarzda 400 mln $ ortilgan samolyotni yubordi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Bir qator manbalarda yozilishicha, bu harakatlar Eronda yanvar oyida qamoqdan ozod qilingan to‘rt nafar AQSh fuqarosi bilan bevosita bog‘liq.

Nashrda berilgan xabarga ko‘ra, yevro, shveysariya franklari va boshqa valyutalar ortilgan yog‘och qutilarda yuk tashiydigan samolyotga markirovka urilmagan tarzda ortilgan. Pullar esa Shveysariya va Gollandiya banklari tomonidan yetkazib berilgan. Tehron va Vashington o‘rtasida dollar qiymatida operatsiyalarni amalga oshirish ta’qiqlangani bois, to‘lov chet el valyutasida amalga oshirilgan.

Eslatib o‘tamiz, yanvar oyida Eron o‘z qamoqxonalaridan to‘rt nafar amerikalik — jurnalist Jeyson Rezayan, imom Said Abedini, harbiy xizmatchi Amir Hikmatiy, shuningdek, Nusratulla Xosrauilarni ozodlikka chiqarib, bir necha oy oldin Tehronda hibsga olingan amerikalik talabaning qo‘yib yuborilgani haqida ham xabar qilgan edi.

Bunga javoban Amerika hukumati yetti nafar eronlikni ozod qilgan, shulardan olti nafari ikki davlat fuqaroligiga ega. Shuningdek, rasmiy Vashington Eronning 14 fuqarosiga nisbatan Interpolga bergan arizasini ham qaytarib olganini ma’lum qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0