Xitoy Oq kitob uchun Yaponiyaga arznoma yo‘lladi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishXitoy
Xitoy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Seshanba kuni Yaponiya 2016-yil uchun Oq kitobni ommaga e’lon qilgan edi. Nashr mamlakat mudofaasiga doir eng so‘nggi ma’lumotlarnigina emas, balki xalqaro shart-sharoit tahlili hamda qo‘shni davlatlar Qurolli kuchlariga doir obozorli ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan edi.

TOShKENT, 3 avg — Sputnik. Xitoy bir kun oldin ommaga e’lon qilingan Oq kitob yuzasidan Yaponiyaga arznoma yo‘lladi, deb xabar berdi chorshanba kuni XXR TIV rasmiy vakili Xua Chunin. RIA Novosti xabari asosida.

Seshanba kuni Yaponiya 2016-yil uchun Oq kitobni ommaga e’lon qilgan edi. Nashrda mamlakat mudofaasiga doir eng so‘nggi ma’lumotlar e’lon qilinibgina qolmay, balki xalqaro shart-sharoit tahlili hamda qo‘shni davlatlar Qurolli kuchlariga doir obozorli ma’lumotlar ham keltirib o‘tilgan edi.

Kitobda yozilishicha, Yaponiya o‘zining eng yaqin qo‘shnilari orasida Shimoliy Koreya va Xitoydan ko‘proq xavfsiraydi.

"Yaponiyaning yangi nashrdan chiqqan Oq kitobida Xitoy milliy mudofaasi va uning harakatlari asossiz tanqid qilingan, mamlakatda ro‘y berayotgan ichki ishlarga doir o‘ylanmay gapirilgan. Shu munosabat bilan Xitoy o‘zining keskin noroziligini bildiradi va Yaponiyaga jiddiy arznoma yo‘llaydi", — deyilgan XXR TIV rasmiy saytida e’lon qilingan izohda.

Rasmiy Pekin shuningdek Tokioni qo‘shni mamlakatlar bilan o‘zaro ishonchni mustahkamlash, regionni rivojlantirishga xizmat qiladigan harakatlarni amalga oshirishga chaqirgan

Yangiliklar lentasi
0