Uzcard hafta davomida vaqtinchalik uzilishlar bo‘lishi haqida ogohlantirdi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishTo‘lov terminali
To‘lov terminali - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Saytda berilgan xabarga binoan, vaqtinchalik uzilishlar olib borilayotgan profilaktik ishlar bilan izohlangan.

TOShKENT, 3 avg — Sputnik. Uzcard  hafta davomida soat 01:00 dan 04:00-gacha POS va E-POS terminallari protsessing markazi bilan  aloqa vaqtinchalik uzilishi mumkinligi haqida ogohlantirmoqda.

Bu haqida xabar kompaniya rasmiy saytida e’lon qilingan.

"Yagona Umumrespublika Protsessing Markazi shuni sizga ma’lum qiladiki, profilaktika ishlari olib borilishi munosabati bilan  hafta davomida soat 01:00 dan 04:00-gacha POS va E-POS terminallari protsessing markazi bilan  aloqa vaqtinchalik uzilishi mumkin.

Vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz", — deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, bunga qadar Uzcard 1-avgust kuni milliy to‘lov tizimida uzilishlar ro‘y berishi mumkinligi haqida ogohlantirgan edi.

E’tiborlisi, Beeline va Ucell kompaniyalari ham 1-avgust kuni SMS, MMS xizmatlari vaqtincha o‘chirilishi haqida ogohlantirib, bunday qilinishi boisi profilaktik ishlar o‘tkazilishi bilan izohlagan edi.

Yangiliklar lentasi
0