Toshkentdagi TTZ massivida yangi dehqon bozori quriladi

© Sputnik / /StringerTorgovie radi na Alayskom rinke v Tashkente
Torgovie radi na Alayskom rinke v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi bozor yaqinda qurib bitkazilgan Oloy bozori loyihasiga o‘xshash loyiha asosida qurilib, 800 savdo o‘rniga ega bo‘ladi.

TOShKENT, 3 avg — Sputnik. TTZ-2 massivida kelasi yil yangi oziq-ovqat bozori quriladi. Bu haqida Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi Shomansur Axmedov xabar qildi, Nuz.uz xabari asosida.

Yangi bozor qurilishi sobiq tramvay halqasi o‘rnida allaqachon boshlangan. Bozor yaqinda qurib bitkazilgan Oloy bozori loyihasi asosida qurilgan bo‘lib, unda alohida go‘sht, sut, meva-sabzavot  va non mahsulotlari bo‘limlari bo‘ladi.

Shomansur Ahmedov aytishiga qaraganda bozor qurilishiga 7 mlrd so‘m kredit mablag‘i ajratilgan. Bozor  ochilishi kelasi yilning Navro‘z bayramiga mo‘ljallangan.

Yangiliklar lentasi
0