Yaponiya Bosh vazirining turmush o‘rtog‘ini Tatyana Karimova kutib oldi

© IA "JAXON"Yaponiya bosh vaziri Shindzo Abening rafiqasi Akie Abe (chapda) Toshkentga tashrif buyurdi
Yaponiya bosh vaziri Shindzo Abening rafiqasi Akie Abe (chapda) Toshkentga tashrif buyurdi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Respublikasi bilan Yaponiya o‘rtasida ko‘p qirrali hamkorlik aloqalari izchil rivojlanib bormoqda.

TOShKENT 4 avg — Sputnik. 3 avgust kuni O‘zbekistonga Yaponiya Bosh vaziri Shindzo Abening rafiqasi Akie Abe hamda yapon madaniyat va san’at namoyandalaridan iborat delegatsiya mamlakatimizga tashrif buyurdi, deb xabar qilmoqda "Jahon" AA.

Xabarda aytilishicha, Toshkent xalqaro aeroportida Yaponiya Bosh vazirining rafiqasi Akie Abeni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rafiqasi Tatana Karimova kutib oldi.

O‘zbekiston bilan Yaponiya o‘rtasidagi munosabatlar O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning 2002-yil iyul oyida Yaponiyaga rasmiy tashrifi chog‘ida imzolangan Do‘stlik, strategik sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi qo‘shma bayonot ruhida barqaror rivojlanib bormoqda. O‘zbekiston rahbarining 2011-yil fevral oyida Yaponiyaga hamda Yaponiya Bosh vazirining 2015-yil oktabrda O‘zbekistonga rasmiy tashriflari o‘zaro munosabatlarni yangi bosqichga ko‘tardi.

"Yaponiyada O‘zbekiston madaniyati va kinosi kunlari tashkil etilishi, yapon ijkorlari tomonidan O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan xalqaro anjumanlar, xususan, “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalida faol qatnashishi, Tokioda buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiyga haykal o‘rnatilgani, Toshkentda Yapon bog‘i tashkil etilgani, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi huzuridagi xalqaro madaniyat karvonsaroyiga yaponiyalik olim va musavvir Ikuo Xirayama nomi berilgani ikki xalqning madaniy yaqinligi ifodasidir", — deb ta’kidlanadi xabarda.

Delegatsiyaning tashrifi davomida Ikkinchi jahon urushi yillarida taqdir taqozosi bilan O‘zbekistonga kelib qolgan yapon askarlari dafn etilgan xotira majmuasini ziyorat qilish, O‘zbekiston Amaliy san’at muzeyi bilan tanishish, Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatrida Yaponiyaning «Dram Tao» ijodiy jamoasining konsert dasturi namoyish etilishi belgilangan.

Yangiliklar lentasi
0