"Mening Toshkentim" muziklining yangi versiyasida Soso Pavliashvili ishtirok etadi

© Sputnik / Valeriy Levitin / Mediabankka o‘tishQo‘shiqchi Soso Pavliashvili rafiqasi Irina bilan
Qo‘shiqchi Soso Pavliashvili rafiqasi Irina bilan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Muzikl ijodkorlari uning ishtiroki haqidagi hamma tafsilotlarni sir tutmoqdalar: tomoshabin yangi qahramonga qanday rol berilgani, u nima haqda hikoya qilishi-yu, nima haqda kuylashi to‘g‘risida faqat tomosha davomida bilib oladi.

TOShKENT, — 4 avg — Sputnik. Tez kunlarda Toshkentdagi "Istiqlol" san’at saroyida "Mening Toshkentim" muziklining bayram namoyishi premyerasi bo‘lib o‘tadi. Muziklda taniqli gruzin va rus qo‘shiqchisi, aktor Soso Pavliashvili ham rol ijro etishi kutilmoqda, deb xabar qilinadi press-relizda.

Ijodkorlarning so‘zlariga qaraganda, 24-sentabrda “Istiqlol” san’at saroyida taqdim etiladigan teatrlashtirilgan yorqin va quvnoq musiqiy tomosha O‘zbekiston Mustaqilligining 25-yillik to‘yiga munosib tuhfa bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, 2016-yilning 13-14 may kunlari Toshkentda “Mening Toshkentim” muzikli taqdimoti bo‘lib o‘tgan edi.

O‘shandayoq  muzikl ijodkorlari sahna asarining navbatdagi talqinini tayyorlayotganliklari ma’lum bo‘lgan edi.

Qiziqchi Ortiq Sultonov - Sputnik O‘zbekiston
Ortiq Sultonovga bobosi xazina qoldirdi
“Mening Toshkentim” muziklining avvalgi talqinini ko‘rib chiqarkanmiz, biz ajoyib loyiha yarata olganimizdan xursand bo‘ldik. Ko‘pincha o‘z oldimizga jiddiy vazifalarni maqsad qilib qo‘yamiz, ammo ularni istalganidek amalga oshirishning imkoniyati doim ham bo‘lavermaydi. Sabablari oddiy — masalan, barcha o‘ylagan g‘oyalarimizni amalga oshirish uchun vaqt yetmay qolishi mumkin.  Bu safar biz sahnalashtirayotgan asarimizga yanada keng miqyosda yondashdik   — aktorlar, ovoz, sahna ko‘rinishi, raqslar!  Bizda yaxshi muziklni yanada yaxshiroq sahnalashtirish imkoni tug‘ildi! Bu muzikl toshkentliklarning o‘zlari kabi betakror! Asar poytaxtimiz aholisi va mehmonlari uchun haqiqiy bayram tomoshasiga aylanishiga ishonamiz!”, —  deyishmoqda sahnalashtiruvchi rejissorlar Hasan va Husan Solihovlar.

Xabarda aytilishicha, muzikl ssenariysi ma’lum artistlar uchun maxsus yozilgan. Asar mazmuni oddiy va barchaga tushunarli: unda yaxshilik, do‘stlik, mehr, muhabbat va o‘zaro hurmat hukmron vaziyatda bir necha inson hayoti haqida hikoya qilinadi. Bu qahramonlarda biz o‘zimizni ko‘ramiz. Muzikl ijodkorlarining fikriga ko‘ra ham, biz barchamiz Toshkent deb atalmish katta, ahil bir mahallada yashaymiz.

Muzikldagi voqealar zamonaviy turar-joy majmuasi hovlisida kechadi.  Fuqarolar yig‘ini raisi o‘z mahallasining Toshkentdagi eng zo‘r mahalla bo‘lishi uchun chin dildan kurashadi. Bizga ma’lum poytaxt mahallasining hayoti haqidagi qissada yangilik ro‘y beradi: mahalla ahli orasida bir necha yangi qahramonlar paydo bo‘ladi. Ular orasida bir qaraganda kutilmagan qahramon ham bor — taniqli gruzin va rus qo‘shiqchisi, aktor Soso Pavliashvili!

Yalmog‘iz kampirning sehrli uyi - Sputnik O‘zbekiston
"O‘zbekkino" ilk to‘liqmetrajli multfilmni suratga olmoqda
Muzikl ijodkorlari uning ishtiroki haqidagi hamma tafsilotlarni sir tutmoqdalar: tomoshabin yangi qahramonga qanday rol berilgani, u nima haqda hikoya qilishi-yu, nima haqda kuylashi to‘g‘risida faqat tomosha davomida bilib oladi. Bir narsagina aniq: yangi qahramon asarda o‘z ism-sharifi bilan ishtirok etadi va o‘zini talqin qiladi.
Mahallaning boshqa ahli: Asal Shodiyeva, Shadisha, Adiz Rajabov, Jasur Mirsogatov, Fotima Rejametova, Muhammadiso Abdulxairov, Kamila Zokirova, Akbar Atamuhamedov, Taxmina Boxodirxonova.

Muziklda ko‘pchilikka ma’lum musiqiy asarlar zamonaviy talqinda yangraydi. San’atkorlar qo‘shiqlarni jonli ijroda, o‘zbek va rus tillarida kuylaydilar.

Xabarda aytilishicha muziklga chiptalarni uydan, ishxonadan chiqmagan holda Click, Payme va UZCARD to‘lov xizmatlari orqali xarid qilish. Shuningdek, chiptani www.myticket.uz saytida buyurtma qilish mumkin.

"Chiptalar narxi 10 000 so‘mdan boshlanadi. Agar xarid qilingan chiptalar umumiy narxi 200 000 so‘mga yetsa va undan oshsa, chiptalar Toshkentning istalgan burchagiga bepul yetkazib beriladi. Oilangiz va do‘stlaringiz uchun chiptalarni 2-sentabrga qadar imtiyozli narxlarda xarid qiling, bunga bir necha soniya vaqtingiz ketadi, xolos! 2-sentabrdan chiptalar narxi 20%ga oshadi", — deyiladi xabarda.

Yangiliklar lentasi
0