Toshkentda robotlar jangi bo‘lib o‘tadi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishRobotlar jangi
Robotlar jangi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kelayotgan yakshanba kuni Toshkentdagi Mega Planet savdo markazida Robokidz robototexnika maktabining turniri bo‘lib o‘tadi.

TOShKENT, 4 avg — Sputnik. Yakshanba kuni soat 18:30 dan 20:30 gacha Mega Planet savdo markazining to‘rtinchi qavatida Robokidz maktabi o‘quvchilari orasida musobaqa bo‘lib o‘tadi, deb xabar qilmoqda tadbir tashkilotchilari.

Musobaqaning birinchi yarmida qatnashchilar o‘z robotlarini jamlash va dasturlash bilan shug‘ullanishadi, ikkinchi yarmida esa – musobaqaning o‘zi bo‘lib o‘tadi.

 

Musobaqa shartiga ko‘ra, robotlar bir daqiqa davomida ko‘rsatilgan chiziq ustidan eng uzoq masofa bosib o‘tishi kerak. Yo‘l davomida robotlar chiziqdan ustini eng uzog‘i 5 soniya davomida tark etishi mumkin.

Musobaqada 6 jamoadan 12 kishi qatnashishi mo‘ljallangan. G‘oliblar jamoasini hakamlar tanlaydi. Hakamlar robot texnikasi maktabining katta o‘qituvchilari Eldar Appazov va Mariya Lubashevskayalar. Mega Planet va Nestle g‘oliblarga sovg‘alar ulashishni rejalashtirgan. Tomoshabinlar va muxlislar uchun musobaqaning ikkinchi yarmini qiziq bo‘lishi mumkin.

Ushbu musobaqalar o‘quvchilarda raqobatchilik ruhini tarbiyalashidan tashqari, eng kuchli jamoalarini ushbu yilning noyabr oyida Hindistonda bo‘lib o‘tadigan umumjahon robotlar olimpiadasida qatnashishga tayorlashdir.  

RoboKidz — bu robot texnikasi maktabi bo‘lib, u yerda bolalar fizika va matematika asoslarini va konstruksiya qilish, dasturlash ishlarini o‘rganishadi. Qatnashchilar orasida musobaqalar har oyining birinchi yakshanbasida bo‘lib o‘tadi.

 

Yangiliklar lentasi
0