Dunyoda

AQSH qiruvchi-samolyotlar yordamida Shimoliy Koreyani "jilovlab" turmoqchi

Amerika Qoʻshma Shtatlari Mudofaa vazirligi oʻn yil deganda birinchi marotaba Tinch okeani hududiga B-1B Lancer nomi bilan mashhur yuqori manyovrlarni bajarishga qodir strategik bombardimonchilarni yoʻllaydi, deb bayonot bermoqda AQSH hududiy qoʻmondonligi.

TOSHKENT, 4 avg — Sputnik. AQSH Mudofaa vazirligi Shimoliy Koreya va Xitoyni "jilovlab turish" maqsadida, Tinch okeani hududiga oʻz bombardimonchi-samolyotlarini yubormoqda, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Qiruvchi-samolyotlar shanba kuni Marian orollari arxipelagi tarkibiga kiruvchi Guam orolidagi Amerika harbiy bazasiga uchib keladi. Ular V-52 bombardimonchilari oʻrnini bosishi aytilmoqda.

Harbiy samolyotlarga xizmat koʻrsatishlari uchun Amerika oʻz bazasiga, shuningdek, 300ga yaqin harbiylarni ham yoʻllashi aytilmoqda.

"Amerika birinchi marotaba bunday yoʻl tutayotgani yoʻq, ammo oʻn yil ichida birinchi marta bu singari holat yuz berdi", — deyilgan qoʻmondonlik xabarida.

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In oʻz topshirigʻi qanday bajarilayotganini kuzatmoqda - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Shimoliy Koreya yana bir ballistik raketani sinovdan oʻtkazdi
Xabarda taʼkidlanishicha, B-1 bombardimonchilari "yanada qudratli qurolga ega boʻlib, masofadan turib moʻljalga qarata aniq zarba yoʻllash xususiyatiga ega".

Shimoliy Koreya tomonidan tez-tez ballistik raketalar sinovi oʻtkazilayotgani sabab, AQSH Tinch okeani hududida B-1 bombardimonchi-samolyotlarini joylashtirmoqda.

Pxenyan tomonidan eng soʻnggi bor oʻtkazilgan sinovi ayniqsa Vashingtonning toqatini-toq qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala