Mariya Zaxarova g‘arb matbuotini haqiqatni yozish uchun o‘zlarida kuch topishga chaqirdi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishOfitsialniy predstavitel MID Rossii Mariya Zaxarova
Ofitsialniy predstavitel MID Rossii Mariya Zaxarova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya TIV vakili g‘arb matbuotidan Suriyadagi “o‘rtacha muxolifat” tomonidan Aleppoga uyushtirilgan kimoviy zarba haqida yozish uchun o‘zlarida kuch topishga chaqirdi.

TOShKENT, 4 avg — Sputnik. Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova g‘arb matbuotini Suriyadagi “o‘rtacha muxolifat” amalga oshirayotgan jinoyatlarga e’tibor berishga chaqirdi, RIA Novosti xabariga asosan.  

Bir necha kun oldin Suriyadaga “o‘rtacha muxolifat” kuchlari Alepponing tinch aholi yashaydigan hududiga kimoviy qurol yordamida zarba bergani ma’lum bo‘lgan edi. Xususan Sukkari tumanida joylashib olgan "Xarakat Nur ad-Din az-Zinki" jangarilar guruhi Alepponi zaharlovchi modda bilan to‘ldirilgan snaradlar yordamida o‘qqa tutgan, oqibatda 7 kishi qurbon bo‘lgan va 20 dan ortiq tinch aholi kasalxonalarga yotqizilgan edi.

Zaxarova o‘zining Facebookdagi sahifasida bir necha bor "Harakat Nur ad-Din az-Zinki" jangarilari tomonidan ayollar va bolalar o‘ldirilgani va bunga qaramasdan ushbu guruh “o‘rta muxolifat” guruhi deb hisoblanib  AQShdan yordam olayotgani haqida xabar qilingan edi.  

Rossiya TIV vakilining aytishiga qaraganda Suriya Demokartik Kuchlariga osmondan  madad berayotgan AQSh aviatsiyasi IShIDga emas tinch aholi yashayotgan hududlarni, kasalxona va gospitallarni bombardimon qilayotganini xabar bergan edi. Xususan, 19-iyuldan beri AQSh havo kuchlari Membijga 90 dan ortiq aviazarba berdi. Buning oqibatida yuzlab tinch aholi qurbon bo‘ldi va minglab tinch aholi jarohatlandi.

“Men, nafaqat Metyu Li, balkim g‘arbdagi boshqa hamkasabalarimiz ham “o‘rtacha muxolifat” sodir etayotgan jinoyatlar va ularga kim moliya ajratayotgani haqida gapirish uchun o‘zlarida kuch topadi, deb umid qilaman. Men sizlarga The New York Times, Le Figaro, Bild va boshqa barcha “Londondagi Suriya inson huquqlari observatoriya”sining so‘zlariniga tez-tez iqtibos keltirib turadigan nashrlarga aytayapman. Ikki jumla haqiqat hali hech kimga zarar keltirgani yo‘q”, — dedi Mariya Zaxarova.   

Eslatib o‘tamiz, oxirgi kunlarda AQSh boshchiligidagi koalitsiyaning aviazarbalari oqibatida beshta kasalxona va gospitallarga jiddiy shikast yetkazilgan edi. Bu haqida BMT bosh kotiba Pan Gi Mun o‘zining chuqur bezovtaligini bildirgan edi.

Yangiliklar lentasi
0