Iqtisod

Oʻzbekiston Internet eng qimmat boʻlgan davlatlar beshligida

© Sputnik / collage/Vladimir TrefilovPlanshet
Planshet - Sputnik Oʻzbekiston
"Aloqada boʻl" internet-loyihasi analitiklari dunyoning YAIM hajmi eng katta boʻlgan 100 davlatida Internet tariflari boʻyicha tadqiqot oʻtkazdilar.

TOSHKENT, 4 agv — Sputnik. Hech oʻylab koʻrganmisiz, nima uchun Internet haqi turli davlatlarda har-xil baholanadi? "Aloqada boʻl" internet-loyihasi analitiklariga shu savol tinchlik bermagani uchun, ular dunyoning YAIM hajmi eng katta boʻlgan 100 mamlakatlarda simli Internet tariflari boʻyicha tadqiqot oʻtkazdilar. Buning uchun har bir davlatning eng old ikki yetakchi-operatorlaridagi narxlar asos qilib olindi.

Internetda ishlash - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Abonentlarning “internet sayohati” haqidagi maʼlumotlar uch oy saqlanadi
Misol uchun, Rossiyadan "Rostelekom" va "ER-Telekom" olingan boʻlsa, Ispaniyadan — Telefonica/Orange, Germaniyadan esa — T-Mobile (Deutsche Telekom) va Vodafon. Internet uchun toʻlov narxlari 2016 yil 27 iyul holatiga koʻra AQSH dollari kursiga oʻgirilgan.

Oʻtkazilgan tadqiqot natijalari esa Oʻzbekiston Efiopiya, Angola, Myanma va Turkmaniston davlatlari bilan bir qatorda Internet eng qimmat boʻlgan mamlakatlar beshligidan oʻrin olganini koʻrsatdi.

"Oʻzbekistonga toʻxtaladigan boʻlsak, tadqiqotlar mobaynida koʻrsatilgan narxlar, bizning nazarimizda birmuncha oshirilgan. Bir nechta provayderlar maʼlumotiga koʻra (Uzonline, TPS, Sarkor Telecom tarif rejalari tahlilda koʻrib chiqilgan) oʻrtacha hisobda Internet narxi oyiga 80$ ni tashkil qiladi", — deb xabar qiladi analitiklar.

Loyiha mualliflari bu yerda muammo tezlikda ekanligini aytishgan.

Internet Oʻzbekistonning har bir regioniga kirib boradi
"Xalqaro tadqiqot davomida tezligi soniyasiga 10dan 100 Mbitgacha boʻlgan, cheklovlarsiz trafikka ega Internet tariflari asos qilib olingan edi. Oʻzbekistondagi mahalliy provayderlar oʻz abonentlariga bunday tezlikka ega boʻlgan limitsiz tariflarni taqdim etmas ekan. Mahalliy "internetchilarning" oʻz abonentlari uchun yetkazib bera olishlari mumkin boʻlgan eng maksimal tezligi — soniyasiga 10 Mbitni tashkil qiladi, xolos", — deb yozadi ular.

Internet eng qimmat boʻlgan mamlakat bu Efiopiyaligi maʼlum boʻldi — oyiga 198$. Ukraina esa Internet eng arzon mamlakat sifatida qayd etildi — oyiga 3,44$. Simli internet tekin boʻlgan davlatlar roʻyxatining 2 oʻrnini esa Rossiya egalladi(oyiga 5,55$).

Internet eng qimmat boʻlgan mamlakatlar beshligiga Efiopiyadan tashqari Turkmaniston(169$), Angola (166$), Myanma(150$) va Oʻzbekiston(144$) kiritildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala