Iqtisod

MTS UMC tarkibidan chiqishga qaror qildi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Fotobankka oʻtishLogotip kompanii "MTS"
Logotip kompanii MTS - Sputnik Oʻzbekiston
Avgust oxirigacha MTS kompaniyasi Oʻzbekistondagi UMS tarkibidan chiqishi mumkin.

TOSHKENT, 4 avg — Sputnik. Rossiyaning MTS kompaniyasi avgust oxirigacha Oʻzbekistonda tashkil qilingan UMS qoʻshma korxonasi tarkibian chiqishi mumkin, deb xabar qildi RIA Novosti.

“Bu haqidagi hal qiluvchi qaror tomonlar orasida qabul qilingan. Yaqin orada, avgustning oxiriga qadar MTS sarmoyadorlar safidan chiqishi mumkin”, — dedi axborot agentligiga xabar bergan vakil. UMS kompaniyasi va Oʻzbektelekom vakillaridan ushbu xabar yuzasidan sharh olishning, hozircha, iloji boʻlmadi.

Oʻzbekiston uyali aloqa bozori faoliyatidan xabardor boʻlgan mutaxassislar MTSning ulushi “Uzmobayl” kompaniyasiga oʻtish ehtimoli katta ekanligini xabar qilishmoqda.

Oʻtgan yillarda MTS kompaniyasi va Oʻzbekiston hukumati orasida boʻlib oʻtgan mojarolardan barchaning xabari bor, albatta. Munosobatlar qayta tiklanganidan keyin, Universal Mobile Systems 2014 yilning 1 dekabridan boshlab aloqa xizmatlari koʻrsatishni boshlagan edi.

Oʻshanda Oʻzbekiston hukumati va MTS kompaniyasi yangi shartnoma asosida qoʻshma korxona tuzishgan edi. Unga koʻra yangi tuzilgan UMS qoʻshma korxonasining 50,01 % aktsiyasi MTSga va 49,99 % aktsiyasi esa “Oʻzbektelekom”ga qarashli edi.

2015 yil natijalariga koʻra, UMS abonentlar tarkibini 5,8 baravar koʻpaytirishga muvaffaq boʻlgan, uning Oʻzbekiston bozoridagi ulushi 1 %dan 5,4 %ga oʻsgandi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala