Jamiyat

Rossiyada Umar Hayyomga birinchi haykal oʻrnatildi

© astrobl.ruPamyatnik Omaru Xayyamu v Astraxani
Pamyatnik Omaru Xayyamu v Astraxani - Sputnik Oʻzbekiston
Astraxandagi talabalar bogʻida oʻrnatilgan haykalning balandligi 4,3 metr, ogʻirligi 1,5 tonna. Ushbu bronza haykal Astraxan viloyatiga Eronning Gʻilon viloyati tomonidan qilingan sovgʻa boʻldi.

TOSHKENT, 4 avg – Sputnik. Bugun Astraxan Davlat universitetidagi talabalar bogʻida buyuk olim, faylasuf va shoir Umar Hayyom haykali ochildi, Astraxan viloyati maʼmuriyati xabariga asosan.  

Haykalni Gʻilon viloyati general-gubernatori Muhammad Ali Najafi hamda Astraxan viloyati gubernatori Aleksandr Jilkin birgalikda ochishdi. Haykal Gʻilon viloyati Sanoat va savdo uyushmalari, konlari hamda qishloq xoʻjaligi korxonalari uyushmasi mablagʻi evaziga barpo etilgan.

Umar Hayyom haykali Astraxan Davlat universitetidagi talabalar bogʻida, turkman shoiri Maxtumquli haykali qarshisigi oʻrnatilgan. Maxtumquli haykali ham Astraxan viloyatiga Turkmaniston tomonidan 2009 yilda sovgʻa qilingan edi.

© astrobl.ruAstraxanda Umar Xayyom haykali ochildi
Otkrыlsya pamyatnik Omaru Xayyamu a Astraxani  - Sputnik Oʻzbekiston
Astraxanda Umar Xayyom haykali ochildi

Haykal ochilish marosimida Astraxan viloyati gubernatori Muhammad Ali Najafini hamda Gʻilon Savdo va sanoat uyushmasi rahbari Tizxush Tabana Xadini “Astraxan viloyatiga koʻrsatgan xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotladi.

“Ushbu haykal Astraxan va Gʻilon vloyatlari  orasidagi doʻstlikning munosib ramzi boʻlib qoladi. Biz oʻzaro koʻp qirrali munosobatlarimizni avvalombor bir birimizning madaniyatlarimizni hurmat qilish asosida qurmoqdamiz. Biz buni butun Kaspiy hududidagi mamlakatlar orasida umumiy doʻstlik va rivojlanish uchun amalga oshirmoqdamiz”, — dedi Aleksandr Jilkin oʻzining minnatdorlik soʻzida.  

Balandligi 4,3 metr, ogʻirligi 1,5 tonna boʻlgan bronza haykal Yekaterinburg shahrida quyilgan. Uning muallifi Chelyabinsklik haykaltarosh Sergey Vorobyev. Haykalni yaratishga 7 oy vqt ketgan. Haykal aynan shunday qiyofada boʻlish uchun uning dastlabki eskizi 5 marotaba oʻzgartirilgan.

Umar Hayyom haykali Tehron, Dushanbe, Ashxobod, Buxarest va boshqa shaharlarda ham oʻrnatilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala