Nursulton Nazarboyev juma kuni Turkiyaga boradi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishQozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qozog‘iston Prezidenti Nursulton Nazarboyev Turkiya rahbari Toyib Erdo‘g‘on bilan uchrashuvda turli sohada hamkorlikni kengaytirish hamda turkiy tilli davlatlar hamkorligi faoliyati borasida muzokara o‘tkazishni rejalashtirgan.

TOShKENT, 4 avg — Sputnik. Qozog‘iston Prezidenti Nursulton Nazarboyev juma kuni Turkiyaga tashrif buyuradi, deb xabar qilgan Turkiya rahbari Toyib Erdo‘g‘on ma’muriyati.

"Turkiya prezidenti Erdo‘g‘on taklifiga asosan 5-avgust kuni Nursulton Nazarboyev Turkiyaga tashrif buyuradi. Tashrif chog‘ida prezidentlar alohida uchrashuvi bo‘lib o‘tishi, shuningdek delegatsiyalar tarkibida ham muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Strategik hamkorimiz bo‘lmish Qozog‘iston bilan kelgusida turli sohada hamkorlikni kengaytirish istiqbollari hamda turkiy tilli davlatlar hamkorligi faoliyati borasida muzokaralar olib boriladi", — deyilgan Turkiya yetakchisi ma’muriyati bayonotida.

Yangiliklar lentasi
0